Jamila G‘ofurova: “Aldangan ayol” filmida bosh rolni menga berishmagan
Aktrisa Jamila G‘ofurova bugungi o‘zbek kinosi haqidagi fikrlari, qizining qiziqishlari, xususiy va davlat kinolarining farqi haqida “Hordiq” gazetasiga bergan intervyusida gapirib o‘tdi.
Xususan, aktrisa “Aldangan ayol” filmida bosh rolni ijro etish istagi bo‘lganini ham yashirmadi:
—Hilol akaga “Mana shu rolni menga bering”, deb iltimos qilganman. Hech qaysi rejissyordan shu paytgacha rol so‘ramaganman. Lekin mana shu ayol obrazini gavdalantirgim kelgan. Chunki unda hamma narsa mujassam edi. Dard, alam, g‘am, tashvish, baxt, baxtsizlik... Istalgan aktrisa o‘ynashni xohlaydigan rol edi u. Ammo, ssenariy yozilayotgan vaqtdayoq bosh qahramon rolida Rayhon Ulasenovani ko‘rishgan va bu unga nasib etdi.