Aktrisa Jamila G‘ofurova O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan artist Muyassar Berdiqulova bilan birga “So‘g‘diyona” gazetasining “Bizning duet” loyihasida ishtirok etdi va ko‘plab savollarga javob berdi.
Suhbat davomida Jamila G‘ofurova o‘zining “Shabbona” filmidagi bosh qahramoniga fe’l-atvor jihatdan o‘xshash ekanligini aytib o‘tdi:
—“Shabbona” filmidagi lo‘li qiz esingizdami? Yigitning yoniga borib, “Seni yaxshi ko‘rib qoldim” deydi dangal. Vnv shu qahramonim xarakteridagi ayrim jihatlar menga o‘rnashib qolgan. Tuyg‘ularimni yashirmayman, kimgadir iliqlik sezdimmi, oshkor etishdan uyalmayman. Salbiy qahramonlarimga kelsak, bu faqat rol, hayotda esa yaratgan obrazlarimning aksiman.