Jahongir Poziljonovning "Botir bola" nomli qo‘shig‘i muxlislarga yoqmadi
Darakchi nashriga xonanda Jahongir Poziljonovning ijodidan norozi bo‘lgan muxlislardan biri xat yozdi.
Xat muallifi ba’zi o‘zbek ijrochilarining qo‘shiqlari jig‘iga tegish va asab tolalarini chertish uchun yaratilayotgandek tasavvur uyg‘otayotganini qayd etib, Jahongir Poziljonov nomini alohida yozadi.
"Bojalar" guruhining "Jamshid" nomli qo‘shig‘i tinglovchilar tomonidan har qancha tanqid qilinmasin, u bundan to‘g‘ri xulosa chiqarmagan ko‘rinadi. Uning yangi "Botir bola" nomli qo‘shig‘i saviyasizligi bo‘yicha oldingilaridan ham o‘tib tushdi. Xonandaning ruscha so‘zlardan foydalanayotganiyu unda mazmun anqoning urug‘i ekaniga nega telekanallar va mutasaddi tashkilotlar e’tiborlarini qaratishmayapti? Bunday qo‘shiqlar yoshlarimiz ma’naviyatiga o‘zining salbiy ta’sirini o‘tkazayotgani haqida o‘ylab ko‘rish fursati keldi menimcha", deb yozadi Toshkent shahrida yashovchi Noila Ibragimova.
U bu xonandaga O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan artistlar Abdurashid Yo‘ldoshev, Alisher Fayz hamda Shuhrat Qayumov kabilarning ijodini o‘rnak sifatida ko‘rsatib o‘tgan.
Endi hamma o'laman kuyaman db awula etsayam bomidide wunaqa prikolni awulalayam boliwi kere owanda zerikmidi tomowa qvotgan odamam. ozi hammasini mazmuni bir hil bosa