O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining qaroriga muvofiq Islom Karimov nomidagi Toshkent davlat texnika universiteti Olmaliq filiali tashkil etiladi.
Filialning asosiy vazifalari etib quyidagilar belgilansin:
Toshkent viloyatida sanoat ishlab chiqarish sohasi uchun yuqori malakali muhandis-texnik kadrlar tayyorlash;
fundamental va amaliy tadqiqotlar sohasidagi xalqaro yutuqlarni o‘rganish asosida foydali qazilmalarni qazib olish va qayta ishlash sohasidagi mahalliy ilmiy va intellektual salohiyatni rivojlantirish;
foydali qazilmalarni qazib olish va qayta ishlash bo‘yicha yangi ilg‘or texnologiyalarni ishlab chiqish, ularni respublikaning geologik va iqlim sharoitidan kelib chiqqan holda amaliyotga tatbiq qilish;
tog‘-kon ishlab chiqarish va qayta ishlash sohasidagi mutaxassislar malakasini oshirish, ularni eng zamonaviy xalqaro fan va texnologiyalar yutuqlari asosida qayta tayyorlash;
eng ilg‘or xorijiy oliy ta’lim muassasalari va ilmiy-tadqiqot markazlari bilan keng hamkorlikni amalga oshirish.