IShID terroristik tashkiloti Suriyaning Aleppo viloyatidagi El-Bab va Manbij shaharlari yaqinida joylashgan bir necha qishloqqa bostirib kirdi va 900dan ortiq odamni garovga oldi. Bu haqda RIA Novosti xabar bermoqda.
Xabarda yozilishicha, jangarilar garovga olinganlarning bir qismini qishloq hududida okop qazishga majbur qildilar va qolganlardan tirik qalqon sifatida foydalandilar.
Ma’lumotlarga qaraganda, terroristlar garovga olgan odamlar El-Bab yaqinidagi 15ta qishloqda va Manbij shahriga yaqin bitta qishloqda istiqomat qilar edi.
IShID jangarilari Turkiya va suriya chegarasida joylashgan Ar-Rai aholi punktini bosib oldilar. Suriya ozodlik armiyasi mazkur aholi punktini o‘z qo‘lida saqlab qola olmadi.