Instagram ijtimoiy tarmog‘i yuklanadigan videoroliklar davomiyligini oshirishi haqida ma’lum qildi. Bu haqda kompaniya blogida xabar berildi.
Yaqin orada ijtimoiy tarmoqda 60 soniyagacha davom etuvchi roliklarni yuklash imkoniyati paydo bo‘ladi. Bir qator foydalanuvchilar hozirdanoq bu yangilikdan foydalanish imkoniga ega bo‘ldilar.
Kompaniya ma’lumotlariga ko‘ra, oxirgi 6 oy ichida yuklanayotgan videokontent miqdori 40 foizga oshdi. Shu sababli Instagram erkinroq formatni sinab ko‘rishni taklif qilmoqda.
Bundan avval ijtimoiy tarmoq foydalanuvchilari uzoqligi 15 soniyadan oshmaydigan roliklarni chop eta olardilar.