Меню
Поиск
Фотоалбом
Главная » Файлы » INTERNET TARMOG'I

Ijtimoiy Tarmoqlardan Muntazam foydalanish Depressiyani keltirib chiqaradi

Psixologlarning ta’kidlashicha, foydalanuvchilar ijtimoiy tarmoqlar, jumladan Facebook va Twitter`da qancha ko‘p vaqt o‘tkazishsa, ularda tushkun kayfiyatga moyillik xavfi shuncha oshadi. Bu haqda “Vesti” xabar bermoqda. 
AQShning Pittsburg universiteti psixologlari shunday xulosaga kelish uchun 19 dan 32 yoshgacha bo‘lgan 1,8 ming nafar amerikaliklar o‘rtasida so‘rovnoma o‘tkazishdi.
Asosiy vaqtini Facebook va Twitter`da o‘tkazadigan yoshlar jizzakilik, tushkunlikka ushbu ijtimoiy tarmoqlardan nisbatan kamroq foydalanadigan yoshlarga qaraganda 2,7 marta ko‘proq moyil bo‘ladi.
Olimlarning aniqlashicha, foydalanuvchilar YouTube, Instagram, Snapchat, Reddit va Tumblr kabi saytlarga bir kunda 61 daqiqa vaqtini sarflaydi. Bu esa haftasiga shu saytlardan 30 marta foydalanadi degani. So‘rovnomada qatnashganlarning 25 foizida depressiya alomatlari kuzatilgan. 
Tadqiqotchilar ayrim foydalanuvchilar depressiyani yengish uchun ham ijtimoiy tarmoqlarga murojaat qilishini ta’kidlashmoqda. Ular ijtimoiy tarmoqlardan o‘ziga kerakli ruhiy ko‘makni ololmasa, tushkun kayfiyat yanada kuchayishi mumkin.


Категория: INTERNET TARMOG'I
Просмотров: 3849 | Рейтинг: 1| Рейтинг: Depressiya, Ijtimoiy tarmoqlar, keltirib chiqaradi, Muntazam foydalanish
Mavzuga Oid Boshqa Yangiliklar:
Реклама

Всего комментариев: 0
Элатма: Сайт ходимлари ўзларига ёқмаган изоҳларни фаоллаштирмаслик ва огоҳлантирмасдан ўчириш ҳуқуқига эга. Изоҳлар ҳақида тўлиқ маълумот мана бу манзилда (босинг)
Имя *:
Email:
Код *:

Профил

Время: 21:38
Добро Пожаловать, Mexmon

 
Новинка у нас
Самое Популярное
Самое Популярное