Tarona.net ogohlantiradi: Ijtimoiy tarmoqlardagi firibgarlarga aldanmang!
Turli foydalanuvchilarimizdan telegram va ok.ru saytida tarona.net adminlari bilan bog'landik, bizga har-hil va'dalar berishgan edi, kabi e'tirozlar kelib tushmoqda! Ok.ru da bizning nom bilan ochilgan soxta saxifa va guruhlar juda ham ko'p, quyida bizning haqiqiy saxifani ko'rsatib o'tamiz, boshqalarga ishonmang!
Ayrim foydalanuvchilarimiz esa Telegram tarmog'ida turli nomdagi ochilgan saxifa egalari o'zini tarona.net hodimi deb tanishtirgani haqida aytib o'tishmoqda!
Xurmatli foydalanuvchim, sizga shuni ishonch bilan aytishim mumkinki, bizda Umid yoki shunga o'xshash ismdagi hodim yoki sayt raxbari mavjud emas. Bu kabi insonlar o'zini sayt hodimi deb tanishtirib, boshqa halol insonlarni aldashni ko'zlashgan!
Shu o'rinda aytishim joizki saytimiz nomi bilan ochilgan taronanet bot saxifasini ham Tarona.net ga hech bir aloqasi yo'q! Bu soxta bot xisoblanib, aldamchi va g'arazli maqsadlarni ko'zlagan nopok insonlarning ishidan boshqa hech narsa emas! Ular bizning sayt nomini yomonga chiqarishga urinishmoqda holos, Maylin ularga ham hudoyimning jazosi bordir.! Insof bersin, deb qolamiz!
Bugungi kunda faqatgina saytnimizning Telegramda tashkil etilgan @taronanet kanali bizning saytimizga aloqador!
Shuningdek saytning telegramdagi yagona bot tizimi ham mavjud, u @TaronaGroup_bot dir! Hozirgi kunga kelib, ushbu bot tizimizdagi o'quvchilar soni 20.000 dan ziyodni tashkil etadi.
Bundan boshqa Telegram tarmog'ida Tarona.net ning hech bir bot, guruh yoki kanali mavjud emas, shuning uchun aldamchi firibgarlarga ishonmang!
Biz bilan bog'lanish uchun haqiqiy saxifalar:
Kanal Telegramda: @taronanet
Admin Ok.ru tarmog'ida: Admin TARONA•NET
Admin e-mail: tarona.net@bk.ru
Ushbu saxifalardan boshqa hech kimga ishonmang, bundan boshqa saxifalarga Tarona.net javobgar emas!