Joriy yilning ikkinchi yarmida taqdim etiladigan HTC M8
Prime smartfonining press-fotosuratlari e’lon qilindi. Bu haqda Mail.ru xabar
berdi.
Yangi smartfon o‘zidan avvalgi flagman smartfonlariga xos
dizayn xususiyatlarini saqlab qoldi, biroq yanada kattaroq va ingichkaroq
ko‘rinish oldi. Korpusdagi yorqin detal – kamera atrofidagi to‘q sariq hoshiya
bo‘ldi.
Ekran yuqorisidan sensorli yo‘l o‘tgan bo‘lib, nashrning
taxmin qilishicha, u imo-ishoralarni anglash funksiyasi uchun javob beradi.
HTC M8 Prime korpusi alyuminiy va kremniy aralashmasidan
iborat noodatiy materialdan ishlanadi. U metall kabi qizib ketmaydi, biroq o‘ta
mustahkam hisoblanadi.
Yangi smartfon 5,5 dyuymli 2560×1440 pikselli displey,
Qualcomm Snapdragon 805 to‘rt yadroli protsessor, 3 Gb tezkor, 16 Gb ichki
xotiraga ega bo‘ladi.