HTC kompaniyasi 8 aprel kuni One M9+ smartfoni taqdimotini o‘tkazdi.
Telefon dizayni ilgarigi model – HTC One M9 smartfoniga ancha yaqin. Shu bilan birga, yangi apparat hajmi biroz kattaroq.
Smartfonga barmoq izlari skaneri o‘rnatilgan, shuningdek, asosiy kameraga qo‘shimcha tarzda Duo Camera texnologiyasi o‘rnatilgan, yon kamera esa HTC UltraPixel texnologiyasi asosida ishlaydi. Bunday kamera HTC One M8 smartfonlarida bo‘lib, HTC One M9’dan olib tashlangan edi.
Operativ xotira hajmi 3 Gb, flesh-xotira hajmi 32 Gb miqyosida qoldirilgan. Asosiy kamera 20 Mp yechimga ega.
Smartfon Android 5.0 Lollipop operativ tizimida ishlaydi.