Hosila Rahimova qiziqchi Avaz Oxunning o‘zi haqidagi Xazillariga munosabat bildirdi
Xonanda Hosila Rahimova qiziqchi Avaz Oxunning “Bos, bos qamchi bos, Hosila o‘zingni bos!” degan xaziliga qanday munosabatda ekanligini aytdi. “Qiziqchilik san’atini to‘g‘ri tushunaman. So‘z ustalarimiz ko‘pchilik xonandalar ijodini kulguga olishadi, bu yangilik emas. Ilk bora Avaz Oxun konsertlardan birida shu hajviyasini aytib, menga navbat berganda rosa g‘alati bo‘lib, uyalib ketganman”,—deydi xonanda. Manba: “Bekajon” gazetasi