Меню
Поиск
Фотоалбом
Сундтреки
. Kara Para Ask - Soundtreck
. Muhabbat tafti - Teri Meri hind soundtreck
. Sevgi Iztirobi - Yllar Sonra (turk seriali)
. Efir Sirlari - Piano Version
. Qo'rqmas - soundtreck 3
. Jumong-soundtreck
. Sevgi Iztirobi - Nihan Muzurluk Peinde
. O'zga Sayyoralik Mahbubim - In Front Of Your
. Tabib-Sara hi kiyo (soundtreck koreya)
. Великолепный Век-Soundtreck 3
. Ko'sem - Soundtreck (Turk serial)
. O'zga Sayyoralik Mahbubim - Promise
. Tabib-He yo Jin hikyo (soundtreck koreya)
. Ishq Jodusi - All I want
. Oppog'oy Zamonaviy talqinda-Белоснежка.2012 (soundtreck)
Главная » Файлы » DUNYO va JAXON XABARLARI

Hijobga “o‘ralgan” hiylalar

Mamlakatimizda ayollarga hurmat-ehtirom ko‘rsatilib, ularning sha’ni, qadr-qimmati  ko‘klarga ko‘tarilmoqda. Men ham bir o‘zbek ayoli sifatida biz ayollarga ko‘rsatilayotgan g‘amho‘rlik va e’tibordan  sevinch hislarini tuyaman.
Yaratilgan imkoniyat va sharoitlardan o‘z o‘rnida foydalangan opa-singillarimiz bugun turli sohalarda boshqalarga o‘rnak bo‘lsa arzigulik ishlarni amalga oshirmoqda. Bugun ayol-deputat, ayol-shifokor, ayol-tadbirkor, xullas, hayotning har bir jabhasida ayollarimizning o‘z o‘rni borligi kishini quvontiradi.
Bularni ko‘rib, menda beixtiyor g‘ururlanish, faxru iftixor  hissi paydo bo‘ladi. Shu kunlarga yetkazganiga shukronalar aytaman! Lekin, afsus va nadomatlar bo‘lsinki, ayrim opa-singillarimiz, ularni opa-singillarimiz deyishga ham uyalaman,  o‘zbek ayoliga yarashmaydigan ishlarni qilayotgani ko‘pchilikning dilini xira qilmoqda.    
Yaqinda kichik o‘g‘lim Bobur bilan ro‘zg‘orga u-bu narsa olgani bozorga tushdik. Erta tong soat oltilar chamasi xuddi qushlarning chug‘ur-chug‘uri singari ayollarning baqir-chaqir ovozlari eshitilardi... Ho‘l mevalarning bozori chaqqon. Ayniqsa, gilos, olcha, olxo‘ri, o‘rik olishga hamma oshiqadi.  
Ona-bola ikkimiz mevalarning ko‘tara bozoriga kira turib bir joyda besh-olti nafar ayollarning baqir-chaqir qilib, bo‘lar-bo‘lmas gaplarni aytib  tortishayotganini ko‘rdik. Ularning to‘rttasi hijobda edi.  Tortishayotgan ayollarning o‘rtasida 40-45 yoshlardagi qotmadan kelgan, yuzlari quyoshdan qoraygan kishi hali unisiga hali bunisiga termulgancha, qo‘rqibgina turardi, aftidan u bozorga o‘zi yetishtirgan mahsulotini sotish uchun olib kelgan dehqon bo‘lsa kerak.
Ha, u dehqon ekan,  sotish uchun gilos olib kelibdi. Urishayotgan ayollar esa uning gilosi ustida bir-birlari bilan jiqqamish bo‘lib, bozorni boshiga ko‘tarayotgan ekan. Mahsulotni yetishtirgan kim-u, talashib-tortishayotgan kim!?  
Ularning og‘zidan o‘zbek ayollariga xos bo‘lmagan, shu darajada qo‘pol so‘zlar chiqardiki, o‘g‘lim ham men ham uyalganimizdan tiqilinch bo‘lsa-da, shosha-pisha u yerdan tezroq uzoqlashishga harakat qildik. Shu asnoda dehqonga rahmim keldi. Tong otib ulgurmasdan to qora kechgacha mehnat qiladi-yu, mahsulotini sotishga kelganda qaysidir yulg‘uch, noinsof aldab arzon narxga olib qo‘yadi. “O‘roqda yo‘q, mashoqda yo‘q, xirmonda hozir” deb, shuni aytsa kerakda.
Bechora dehqon boriga shukur qiladi. Shuning uchun ham oilasi tinch, topganida baraka bor, dasturxoni to‘kin-sochin. Shukronalikni undan o‘rganish kerak. Bozordagi “o‘rtakashlar” esa bir kunda 100-200 ming topsa ham, noligani-noligan. Bundan-da yomoni, ularning ko‘pchiligi o‘zlarining asl basharasini yashirish uchun hijob o‘rab olgan. Bu toifadagi ayollarni ko‘zbo‘yamachilar deb atasa to‘g‘ri bo‘ladi. Chunki, ular o‘zlarini insofli, diyonatli qilib ko‘rsatish uchungina hijob o‘ragan,xolos. Aslida esa, birovlarning haqqini yeyishdan qo‘rqmaydigan, ikkiyuzlamachi kishilardir ular. Buni o‘zlari ham yaxshi biladi, faqatgina insonlarni aldash osonroq bo‘lishi uchun bir parcha lattaga o‘ranib olishgan.
Bozorni aylana turib, 60 yoshlardagi ayolning  yosh boladay ho‘ngrab yig‘lab yurganiga ko‘zim tushdi. Ayolning o‘pkasi to‘lib, o‘ksib-o‘ksib yig‘lardi. Hamma shoshgan, hech kim unga e’tibor beray demaydi. Onaxon esa battar yig‘lashga tushadi.
Oxiri bo‘lmadi, sabrim chidamadi, vijdonim qiynaldi. Unga yuzlanib, “nima gap, nega yig‘layapsiz” so‘radim. “Bozorga bor-yo‘g‘i ikki satilgina o‘rik olib kelgandim, darvoza oldida hijob o‘ragan bir ayol “keling ona, menga bering o‘zim ichkariga olib kirib qo‘yaman”, deb qo‘limdan oldi-da, ichkariga kirib ketdi, uni topolmay qoldim. Endi nima qilaman” dedi o‘ksib, ko‘zlaridan duvullab yosh oqib.  
Onaxoning yig‘laganicha bor ekan, uning bitta-yu bitta o‘g‘li kasal bo‘lib qolibdi, doriga pul kerakligi uchun majburligidan bozorga o‘rik olib chiqibdi. Ayolga pul bergandim olmadi. G‘ururli ekan. Yig‘lagancha bozordan chiqib ketdi... Bechora ona farzandi uchun nimalar qilmaydi! Hijob o‘rab o‘zini farishta qilib ko‘rsatishga uringan, asl maqsadi boshqalarni aldash bo‘lgan noinsof, firibgar, yulg‘uch, niqobdagi olabo‘jilar farzand qadrini qaerdan ham bilsin! Bo‘lmasa bir bechora onani zor qaqshatib chuv tushirib ketarmidi...   
Hijobdagi ayollarning nojo‘ya ishlari haqida ko‘p eshitardim-u, e’tibor qilmasdim. Bekorga odamlarda ularga nisbatan nafratlanish hissi paydo bo‘lmayotgan ekan. Hijobga o‘rangan “farishta”larning asl basharisini o‘z ko‘zim bilan ko‘rib,  bildimki, bugun ko‘pchilik ayollar hijobdan niqob sifatida foydalanish yo‘liga o‘tibdi.
Shu qadar yuztuban ketgan ayollarga achinaman. Chunki ularning farzandlari, ayniqsa, qizlari va qizbola nevaralari ulardan nimani o‘rganadi. Insoning qadr-qimmatini, iymon-etiqodini libos bilan  belgilashga odatlangan kishidan nimani kutish mumkin!?  Bu kabi ayollarni o‘z farzandlari kelajagi qanday bo‘lishi qiziqtirmaydimi?!  Insondagi iymon-e’tiqod darajasi bir parcha latta bilan belgilanmaydi, avvalo, har kim o‘ziga to‘g‘ri, ko‘ngli toza bo‘lishi lozim.
Yurish-turishda,  muomilada, kiyinishda ham avvalo  o‘zbek ayoli ekanligimizni unutmaylik! Qizlarimizga ham shunday tarbiya beraylikki, duch kelgan da’vatlarga uchib, ko‘r-ko‘rona hijobga o‘ranib olmasin. 
 
 
Qutbiniso aya Ibrohimova,
Toshkent shahri


Категория: DUNYO va JAXON XABARLARI
Просмотров: 6768 | Комментарии: 2 | Рейтинг: 0| Рейтинг: o‘ralgan hiylalar, Hijob
Mavzuga Oid Boshqa Yangiliklar:
Реклама

Всего комментариев: 2
yulduzik666 Hijob avratti bekitsh un!! >(
Like | 0
Shox-17591 Siz umrizda bozorga endi bordiz shekili a gap hijobdamas
Like | 0
Элатма: Сайт ходимлари ўзларига ёқмаган изоҳларни фаоллаштирмаслик ва огоҳлантирмасдан ўчириш ҳуқуқига эга. Изоҳлар ҳақида тўлиқ маълумот мана бу манзилда (босинг)
Имя *:
Email:
Код *:

Профил

Время: 14:07
Добро Пожаловать, Mexmon

 
Новинка у нас
Самое Популярное
Самое Популярное