Insonlar orasida shunday fikr bor: Odamlar siz bilan o’zingiz yaratib bergan imkoniyat darajasida munosabatda bo’ladilar. Bu fikr ko’pincha to’g’ri chiqadi. Saytimiz orqali sizga odamlarning sizga qilayotgan ba’zi bir muomalalariga yo’l qo’ymasligingiz kerak bo’lgan holatlarning bir nechtasini taqdim etmohchimiz. Agar sizda shunday holatlar kuzatilsa, buni darhol o’zgartirishingiz kerak. Aks holda hayotingiz u qadar yaxshi ketishiga kafolat bera olmaymiz.
Sizni tashqi ko’rinishingiz yoki tanlovingiz bilan uyaltirishsa – Boshidan aytib qo’yaylik bu yerda gap “Dress code” yoki tashqi ko’rinish qoidalari haqida gap borayotgani yo’q. Bunday qoidalarni kuzatib borishingiz ham kerak. Ammo birov sizning kiyinishingiz, qomatingiz yoki umuman biror tanlovingiz haqida salbiy fikr bildirishni boshlasa, siz hech ham o’zingizni oqlashni boshlamang. Sizni hech qanday aybingiz yo’q va siz hech narsaga majbur emassiz. Eslab qoling: O’zining hayoti bo’lmagan insonlar birovlarning hayotiga aralashadi.
Yoki mansab yoki oilani tanlashingizga majbur qilishsa – Afsus, bunday hodisani hayotimizda ko’p uchratamiz. Shunga qaramasdan, oil ava ishni birdek olib borayotgan va hattoki hobbi va o’yin-kulgu uchun ham vaqt topayotgan odamlarni uchratishimiz ham mumkin. Ish uchun oiladan voz kechish kerak yoki aksincha bo’lishi kerak degan qoida yo’q. Shuning uchun oila a’zolaringiz yoki ish beruvchi tomonidan qarshiliklar bosimi ostida qolib ketmang va vaqtingizni faqat bir hunar uchun sarflamang. Hayotda har bir narsaning iloji bor. Faqat buni chin dildan hohlash va bajara olish kerak. Ana ushanda har bir ish o’z vaqtida bo’ladi.
Hayotda barcha narsani sizning o’rningizga hal qilishsa – Albatta, ota-onamiz hayotni bizdanda yaxshi bilishadi. Hattoki o’zimiz vaqti kelib ota-ona bo’lganimizda ham ularning maslahatisiz hech bir ish qilmaymiz. Ular bizni har tomonlama yetuk bo’lib yetishishimiz uchun bor kuchlarini ayamaydilar. Ammo bu degani hayotdagi barcha qarorlarni bizning o’rnimizga ota-onamiz qabul qilishi kerak degani emas. Farzandini eshita bilish ham kerak. Uni nima hoxlayotgani, qanday sohaning egasi bo’lishni istayotgani haqida ham so’rab turish kerak. Uning qiziqishlari yo’lidagi imkoniyatlarni yaratib berishga harakat qilish kerak. Eng asosiysi, farzandning egri yo’ldan yurmasligi, yomonlik qilmasligi emasmi?
Doimo yolg’on – Atrofingizdagi yaqinlaringiz, do’stlaringiz yoki turmush o’rtog’ingizning muntazam yolg’on gapirishlariga e’tiborsiz qarab bo’lmaydi. Agar siz “yolg’onchi” bilan munosabatlaringizni saqlab qolmoqchi bo’lsangiz, uning yolg’on gapirayotganini bilib turganingizni, ammo, bu holatda siz sudyalik qilmoqchi emasligingizni bildirib qo’ying. Bunday odamni to’g’irlash yoki yo’lga solish sizning qo’lingizda emas. Bu ishni uning o’zi qilishi kerak. Siz esa buni qo’llab-quvvatlab turishingiz kerak. Agar sizni haqiqatdan ham sevishsa va hurmat qilishsa, sizni yolg’on bilan “mehmon” qilishmaydi.
Ish joyidagi hurmatsizlik – Afsuski ba’zi insonlar ish joyidagi boshliq va hamkasblarining hurmatsiz munosabatlariga chidashga majbur bo’ladilar. Agar siz shunday holatga tushib qolgan bo’lsangiz, u holda o’zingizga savol berib ko’ring: rostdan ham bu ish sizga har kuni kamsitilish yoki sizning faoliyatingizga tegishli bo’lmagan ishlarni qilish uchun kerakmi? O’zingizning haq-huquqlaringiz uchun kurashishdan qo’rqmang. Sizga hurmatsiz munosabatda bo’lishlariga yo’l qo’ymang.
Doimiy nazorat – Agarda sizni ota-onangiz yoki turmush o’rtog’ingiz har bir qadamingizni nazorat qilayotgan bo’lishsa, bu unchalik ham siz haqingizda qayg’urayotganliklaridan dalolat bermaydi. Har biro damning o’z erkinligi bo’lishi kerak. Axir o’zaro ishonchsizlik ustiga munosabat qurib bo’lmaydi-ku! Agar bu holat davom etaversa, nazorat haqiqiy zulmga aylanib ketishi mumkin.
“Ideal”ga to’g’ri kelmaslikda ayblash – Dunyoda aslida ideal insonlar mavjud emas. Ammo shunga qaramasdan har bir inson o’zida “mukammal farzand”, “haqiqiy erkak” yoki “orzudagi qiz” kabi hayollarni o’tkazishadi. Lekin bu hech kimga yaqinlarini mukammal emaslikda ayblash huquqini bermaydi. Sizni har doim tashqi ko’rinishingizni o’zgartirishga majburlaydigan insonlar bilan munsabatga kirishmaganingiz ma’qul. Sizning o’zgarishingiz sizni yanada ham ko’proq sevishadi deya kafolat bermaydi. Birov uchun o’zgarishga harakat qilganingiz vaqti kelib bema’nilikdek tuyulishi mumkin. Sizni qanday bo’lsangiz shundayligingizcha sevishlarini o’zingizga ayting. Ammoi bu degani umuman o’zgarish kerak emas degani emas. Barcha ishning o’z vaqti, mavsumi va joyi bo’ladi.
Miracle tayyorladi.