1. Asablaringiz taranglashayotganini sezsangiz, achchiq damlangan qora choy bilan sutli shokolad eb oling. Tinchlanishingizga yordam beradi. Qahva yoki gazlangan ichimliklarni unuting. Ular qonda adrenalin miqdorini yanada kuchaytirib yuboradi.
2. Sevimli filmlaringizni tomosha qiling. Suratlar to`plamini varaqlang. Yoki shirin xotiralarni yodga soluvchi sovg`alarni ko`rib chiqing.
3. Kontrast dush qabul qiling. Avval iliq, so`ng sovuq suv bilan o`ziga xos uqalash muolajasi bajariladi. Bunda tana bo`shashib, tinchlanasiz.
4. Sayr qiling. Masalan, muzqaymoq sotib oling-da, tabiat manzaralarini tomosha qilib sayr qiling. Xayollaringiz sal bo`lsa-da chalg`iydi.