Меню
Поиск
Фотоалбом
Сундтреки
. Efir Sirlari - Soundtrack 3
. Qirolicha - Soundtreck (slow version)
. Kuz ertagi-soundtreck 2
. Ko'sem - Soundtreck (Turk serial)
. Kelin - Soundtreck (Hind serial)
. O'zga Sayyoralik Mahbubim - Younha My love
. Gulperi - Soundtreck (Turk serial)
. Saroy Javohiri-Soundtreck5
. Sevishganlar - soundtreck (serial kareya)
. Qo'rqmas - soundtreck 2
. Ishq Jodusi - All I want
. Ayol Qalbi - You can't say (english version)
. Qish Sanatasi-Soundtreck
. Yoz Ifori - Soundtreck2
. Ko'sem - Beautiful (Turk serial)
Главная » Файлы » ISLOM VA DIN HAQIDA

Hayitdan oldin so‘yilgan hayvon qurbonlikka o‘tadimi?..

Hayitdan oldin so‘yilgan hayvon qurbonlikka o‘tadimi?

Ushbu savolga O‘zbekiston musulmonlari idorasi Fatvo bo‘limi mutaxassisi Hikmatulloh TOShTEMIROV javob berdi.
— Bismillahir Rohmanir Rohim.
Qurbonlik vaqti kelmasdan so‘yilgan hayvonlar qurbonlik o‘rniga o‘tmaydi. Qaytadan qurbonlik qilish shart bo‘lib qoladi.
Masjidni obodonlashtirish uchun ehson qilish katta savob, lekin bu qurbonlikni zimmadan soqit qilmaydi. Bu haqda Imom Saraxsiy shunday deydilar:
«Qurbonlikning avvalgi vaqti qurbonlik kunining subhi sodiqidan (ya’ni, tongidan) boshlanadi. Lekin shahar aholisi iyd namozini qurbonlikdan avval ado qilishi shart bo‘ladi» (Hozirgi paytda katta qishloqlar ham shahar hukmida).
Payg‘ambarimiz sollallohu alayhi vasallam shunday marhamat qildilar:
«Kim namozdan avval (qurbonlik) so‘ygan bo‘lsa, o‘zi uchun so‘yibdi. Kim namozdan keyin so‘ygan bo‘lsa, uning qurbonligi mukammal bo‘libdi va musulmonlarning yo‘lini tutibdi» (Imom Buxoriy rivoyati).
Demak, qurbonlik vaqti juma namozi o‘qilmaydigan olis qishloqlarda hayit kuni tong otgandan boshlansa, shahar va juma o‘qiladigan katta qishloqlarda hayit namozidan keyindir. Bu vaqtdan avval so‘yilgan jonliqning puli ehson qilinsa ham qurbonlikka o‘tmaydi va qayta qurbonlik qilish shart bo‘ladi. Vallohu a’lam.
Qurbonlik kuni faqat bir kun, degan gap ham noto‘g‘ri. Qurbonlikning avvalgi vaqti Qurbon hayiti kuni tong otgandan boshlanadi va yana ikki kun davom etadi. Oxirgi kun quyosh botishigacha jonliq so‘yish mumkin. Bu haqda mo‘’tabar manbalarimizdan biri «Muxtasarul viqoya» kitobida shunday deyiladi:
«Qurbonlikning avvalgi vaqti, agar shahar joyda jonliq so‘yilsa — hayit namozi o‘qilgandan keyin. Agar undan boshqa (juma o‘qilmaydigan qishloq) joylarda so‘yilsa, hayit kuni tong otgandan boshlanadi. Oxirgi vaqti esa (hayitning) uchinchi kuni quyosh botishidan ozgina avval tugaydi».
Mazhabimizning yana bir e’tiborli manbasi «Fatavoi hindiya» kitobida bu mavzuda shunday deyiladi:
«Qurbonlikning vaqti — uch kundir. Ular — (Zulhijjaning) o‘ninchi, o‘n birinchi va o‘n ikkinchi kunlari. Avvalida (qurbonlik qilish) oxiridan ko‘ra afzaldir. Nahr (ya’ni, qurbon hayiti) kuni tong otgandan Zulhijjaning o‘n ikkinchi kuni quyosh botgunicha kunduziyu kechasida so‘yishi joiz. Lekin tunda so‘yish makruh» («Fatvoi hindiya»).
Qurbonlik kunlaridagi tunlardan maqsad, Qurbon hayiti kunidan keyingi ikki tundir. Ushbu tunlarda so‘yishning hukmi haqida «Majma’ul anhur» kitobida shunday deyiladi:
«Tunda so‘yish joiz bo‘lsada, qorong‘uda xato qilish (ya’ni, birovning qurbonligini so‘yish) ehtimoli bo‘lgani uchun makruhdir».
Demak, hayvon so‘yiladigan joy yorug‘ bo‘lib, adashish ehtimoli bo‘lmasa, tunda so‘yishning ham karohiyati yo‘qoladi. Binobarin, kunduz kuni qurbonlik qilish yaxshiroq.
Xulosa qilib aytganda, qurbonlik qilish hayit kuni va yana undan keyingi ikki kun davom etadi. Boshqacha aytsak, uch kun va ular orasidagi ikki tunda qurbonlik qilinadi. Hayitning uchinchi kuni ham quyosh botgunicha so‘yish mumkin. Vallohu a’lam.


Manba:hordiq.uz
Категория: ISLOM VA DIN HAQIDA
Просмотров: 2608 | Рейтинг: 0| Рейтинг: hayvon, hayit, qurbonlik
Mavzuga Oid Boshqa Yangiliklar:
Реклама

Всего комментариев: 0
Элатма: Сайт ходимлари ўзларига ёқмаган изоҳларни фаоллаштирмаслик ва огоҳлантирмасдан ўчириш ҳуқуқига эга. Изоҳлар ҳақида тўлиқ маълумот мана бу манзилда (босинг)
Имя *:
Email:
Код *:

Профил

Время: 05:27
Добро Пожаловать, Mexmon

 
Новинка у нас
Самое Популярное
Самое Популярное