Меню
Поиск
Фотоалбом
Главная » Файлы » MAHALLIY HABARLAR (UZB)

Harbiy xizmatni o‘tash tartibi o‘zgartiriladi
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “O‘zbekiston Respublikasi fuqarolarining harbiy xizmatni o‘tash tartibi to‘g‘risidagi nizomga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida”gi qarori loyihasi e’lon qilindi.

Qaror loyihasi bilan fuqarolarning harbiy xizmatni o‘tash tartibining ayrim jihatlariga aniqliklar kiritiladi. Jumladan:

•    muqaddam maxsus unvonda xizmatni o‘tagan xodimning nomiga dog‘ tushiruvchi xatti-harakatni sodir etgani yoki xizmat vazifasiga noloyiq bo‘lib qolganligi sababli xizmatdan bo‘shatilgan fuqarolarga kontrakt bo‘yicha harbiy xizmatga kirishga rad javobi berilishi belgilandi va bu bilan shunday harakat uchun huquqiy asos paydo qilindi;

•    harbiy xizmatchilarni yuqori turuvchi lavozimlarga tayinlashda ular tomonidan lavozimda kamida ikki yil xizmat qilish zarurligi normasi mavjud bo‘lganligi sababli qisqa muddat ichida muayyan vakant lavozimni butlash, oliy harbiy ta’lim muassasalari bitiruvchilarini joylashtirish uchun lavozimlarni bo‘shatish masalalrida muammolar tug‘ilayotganligi sababli ushbu talab Nizomdan chiqarib tashlandi;

•    intizomiy chora qo‘llash tartibida lavozimidan pasaytirilgan harbiy xizmatchilarni yuqori lavozimlarga tayinlanish hamda harbiy unvonidan bir pog‘ona pasaytirilgan harbiy xizmatchilarni unvonida tiklash tartibiga aniqliklar kiritildi;

•    harbiy xizmatdagi va undan bo‘shatilgan harbiy xizmatchilar, ularning oila a’zolari hamda halok bo‘lgan (vafot etgan) harbiy xizmatchilarning oila a’zolariga tibbiy xizmat ko‘rsatish, sanatoriya-kurort muassasalarida davolanish tartibiga aniqliklar kiritildi;

•    harbiy xizmatning umumiy davomiyligi yigirma yilga bir yilgacha yetmagan, harbiy-tibbiy komissiyalar tomonidan harbiy xizmatga yaroqsiz deb topilgan kontrakt bo‘yicha harbiy xizmatchilarni xizmatda bo‘lish muddati vazirlik rahbarining buyrug‘i bilan belgilanish normasi kiritildi;

•    berilgan harbiy unvonda bo‘lishning belgilangan xizmat muddatidan kamida ikkitasini o‘tagan kontrakt bo‘yicha harbiy xizmatchilarga bir pog‘ona yuqori harbiy unvon berish tartibiga aniqlik kiritilib, bu tartib serjantlar tarkibi kontrakt bo‘yicha harbiy xizmatchilarga ham tatbiq etilishi belgilandi;

•    “III darajali serjant”, “II darajali serjant”, “I darajali serjant” va “katta serjant” harbiy unvonlarini berish tartibiga aniqlik kiritilib, tor doiradagi mutaxassislarga tegishli ta’lim muassasalarida qayta tayyorlash va malaka oshirish kurslarini tamomlaganidan keyin ushbu harbiy unvonlarni berish mumkinligi normasi kiritildi;

•    xizmat va harbiy burchni bajarishda alohida namuna ko‘rsatgan, mamlakat mudofaa qobiliyatini mustahkamlashga, hududiy yaxlitligini himoya qilishga qo‘shgan hissasi uchun kontrakt bo‘yicha harbiy xizmatchilarga vazirliklar rahbarlari tomonidan navbatdagi harbiy unvonlar muddatidan avval berilishi mumkinligi normasi qo‘shildi;

•    kontrakt bo‘yicha harbiy xizmatchilarga qo‘shimcha ta’tilning muddatini belgilashda Milliy gvardiya va sud organlaridagi xizmat harbiy lavozimga tayinlangan xodimlarga maxsus unvonlar (martaba darajalar) berilgan kundan boshlab harbiy xizmat muddatiga qo‘shib hisoblanishi belgilandi;

•    kamida yigirma kalendar yili mobaynida harbiy xizmatni benuqson o‘tagan ofitserlar bilan bir qatorda oddiy askar va serjantlar tarkibiga ham harbiy xizmatdan bo‘shatilayotgan vaqtda tegishli buyruqlar bilan harbiy kiyim-kechak kiyish va farqlovchi nishonlarni taqish huquqi berildi;

•    Qaror loyihasini qabul qilish orqali O‘zbekiston Respublikasi fuqarolarining harbiy xizmatni o‘tash tartibi amaldagi qonun hujjatlariga muvofiqlashtiriladi hamda harbiy xizmatchilarning ijtimoiy himoyasini kuchaytirishga erishiladi.


Категория: MAHALLIY HABARLAR (UZB)
Просмотров: 3616 | Рейтинг: 0| Рейтинг: harbiy, o‘zgartiriladi, tartibi, xizmatni, o‘tash
Mavzuga Oid Boshqa Yangiliklar:
Реклама

Всего комментариев: 0
Элатма: Сайт ходимлари ўзларига ёқмаган изоҳларни фаоллаштирмаслик ва огоҳлантирмасдан ўчириш ҳуқуқига эга. Изоҳлар ҳақида тўлиқ маълумот мана бу манзилда (босинг)
Имя *:
Email:
Код *:

Профил

Время: 02:15
Добро Пожаловать, Mexmon

 
Новинка у нас
Самое Популярное
Самое Популярное