Меню
Поиск
Фотоалбом
Сундтреки
. Lola - NEGA [soundtreck JODUGAR]
. Pazanda - The Sound of Love
. Tabib-He yo Jin hikyo (soundtreck koreya)
. Saroy Javohiri-Soundtreck6
. Efir Sirlari - Soundtrack
. Efir Sirlari - Piano Version
. TisMarHan-soundtreck
. Sevgi iztirobi - Soundtreck (Turk serial)
. Qirolicha - Soundtreck (Bidam Love)
. Yoz Ifori - Soundtreck
. Shamollar Mamlakati - soundtreck 2 (korea)
. So'nmas Sevgi - Soundtreck
. Sevishganlar - soundtreck (OST serial kareya)
. Kuz ertagi-soundtreck
. Sevgi Iztirobi - Anlatamam
Главная » Файлы » SHOU-BIZNES HABARLARI

Go‘zalligimiz siri... juda oddiy! (Yulduzlar fikri)

Mushtariylaramiz tahririyatimizga qo‘ng‘iroq qilib, «Nega san’atkor ayollarning hammasi chiroyli, qomatlari ham a’lo darajada? Sirlarini bizga ham o‘rgatishsin», deya so‘rashdi. Mashhur ayollarimiz bilan bog‘lansak, qarangki, hammasi oddiy ekan. Ishonmaysizmi, marhamat, o‘zingiz ham tanishing. 

«Chaqqon bo‘ling, to‘lishmaysiz!»
Rayhon ULASENOVA, aktrisa: — Soch, yuz, teri parvarishi uchun alohida vaqt ajratib, nimadirlar qilishga, to‘g‘risi, vaqtim yo‘q. Doim yugur-yugurlar bilan bandman. Ro‘zg‘or ishlarining o‘zi ham bir fitnesdek gap. Shuning uchunmi, qomatim bilan bog‘liq muammom yo‘q. Go‘zallik borasida faqat bir qoidaga amal qilaman. Pardoz vositalari, kremlarning kislorod bilan boyitilgan turini tanlayman. Pardoz-andozdan charchagan yuzim biroz nafas olsin deyman-da. Sochlarimga esa arganiya moyidan surtaman. Bu ularni mustahkamlab, o‘stiradi, qazg‘oqlardan xalos etadi, jilolantiradi.
«Kam-kamdan tez-tez»
Dilnoza KUBAYEVA, aktrisa: — Men hadeb kosmetlogga yuguradiganlardanmasman. Uyda tuxum sarig‘iga zaytun yog‘i, asal va limon sharbati qo‘shib (quruq yuz terisi uchun), niqob tayyorlayman. 15 daqiqaga yuzimga surtib, keyin ko‘k choy bilan yuvib tashlayman. Yuz terimni ko‘pincha moychechak damlamasi bilan artaman. Qaymoq va qatiqni aralashtirib ham ishlataman. Sochlarimga kelsak, oyda ikki-uch marta ularga piyoz sharbati surtaman. Bu to‘kilishining oldini oladi. Ularni sun’iy bo‘yoqlar emas, xna bilan bo‘yayman.
Ovqatlanishda me’yorga amal qilaman. Kam-kamdan tez-tez ovqatlanish ortiqcha yog‘lar hosil bo‘lishiga yo‘l qo‘ymaydi.
«O‘smada gap ko‘p!»
ShODIYoRA, raqqosa: — Har hafta qoshlarimga va kipriklarimga o‘sma qo‘yaman. O‘zbekona go‘zallik siri bu. Kechki payt esa qoshlarim va kipriklarimni maxsus tozalovchi vosita bilan artaman. Yana bodom yog‘i surtish ham juda foydali. Yuz parvarishi uchun esa meva va sabzavotlardan qilingan tayyor niqoblarni ishlataman. 
«Tug‘ruqdan so‘ng sportchiga aylandim»
Sevara SOLIYEV, aktrisa: — Tug‘ruqdan keyin semirib ketmaganim hammani hayron qoldirayapti. Qomatimda o‘zgarishlar bo‘ldi, albatta. Hozir parhezlar ham tutolmayman. Qorinni ketkazish uchun press mashqlarni bajarayapman, iloji boricha ichkariga tortib yuribman. Go‘zallik bo‘yicha esa muhim qoidaga amal qilaman: yuzimga nimadir toshsa, unga qo‘lim bilan tegmayman. Bu MUMKINMAS! Har kuni uxlashdan avval oziqlantiruvchi kremlardan foydalanaman.
«Pardoz bilan uxlamang!»
Dildora RUSTAMOVA, teleboshlovchi: — Maxsus vositalar yoki niqoblardan foydalanmayman. Vaqt masalasi muammo. Ammo hech qachon makiyaj bilan uxlamayman. Ayollarga ham tavsiyam shu. Kechki payt pardozdan yuzni tozalab, maxsus tungi krem surting. Ertalab ham kunduzgi kremdan foydalaning. Shartmas deya, bee’tibor bo‘lmang. Ular tarkibida yuzni himoyalovchi moddalar mavjud. Yana bir gap, ertalablari yarim soat yugursangiz, «Voy, to‘lishib qolibman» jumlasini unutasiz.
«Jonimning huzuri — yoga»
MANZURA, xonanda: — To‘rt yildan buyon yoga bilan shug‘ullanaman. Har kuni 2 soat vaqt ajrataman. Xizmat safarlariga ham maxsus gilamchasiz bormayman. Bu nafaqat qomat uchun foydali, balki asablarni ham tinchlantirib, salomatligingizni mustahkamlaydi.
«Ishtahamni xafa qilmayman»
Oyxon IFORZODA, xonanda: — Sochlarimga xantalli niqob ishlataman. 1 dona tuxum, 1 choy qoshiq xantal va 2 osh qoshiq qatiqni aralashtirib, soch ildizlariga surting. Yarim soatdan so‘ng shampun bilan yuving. Bu niqob soch tolalarini mustahkamlab, o‘stiradi. 
Ishtaham karnay bo‘lgani uchun shirin yeguliklarin ko‘rsam, qomatim haqida o‘ylab ham o‘tirmayman. Shu sabab doim sport mashg‘ulotlariga qatnashib, haftada ikki marta parhezli kun e’lon qilaman. Masalan, sut mahsulotlari, mevalar bilan chegaralanaman, xolos.
«Vitaminli ukollar qarishdan asraydi!»
Jamila G‘OFUROVA, aktrisa: — Kechqurun 1 soat yayyov yurardim, yugurardim. Oxirgi paytlarda buning uchun vaqt topolmaganim sabab biroz vaznim to‘lishgandek. Sochlarimga rahmim keladi, ular bo‘yoqlar sabab kuygan. Endi chora sifatida zardob bilan muntazam chayaman. Yuz parvarishi masalasida erinchoqlik qilmaslik kerak. Oddiy sharti, masalan, salat tayyorlay turib, bodringni surtib olish ham ancha foydali. Keyin yuz terisiga vitaminli ukollar olishning hech xavfli tomoni yo‘q. Bu muolaja ularni erta qarishdan, ajinlardan asraydi.
«Nam sochni taramang!»
ShIRIN, xonanda: — Sochlarim uzunligi va mustahkamligiga ko‘pchilik havas qiladi. Ularga doim bodom, kanakunjut yog‘i surtaman, tuxumli niqoblar qilaman. Qatiq bilan yuvish ham samarali. Keyin hech qachon nam payti taramayman. Chunki ko‘p to‘kiladi va sinib qoladi tolalar. Avval yaxshilab quritib, keyin tarayman. Yuzlarimni esa sutda chayishga odatlanganman. 
MUXLISA tayyorladi.
 


Категория: SHOU-BIZNES HABARLARI
Просмотров: 5624 | Рейтинг: 0| Рейтинг: go'zallik, Yulduzlar, Sir
Mavzuga Oid Boshqa Yangiliklar:
Реклама

Всего комментариев: 0
Элатма: Сайт ходимлари ўзларига ёқмаган изоҳларни фаоллаштирмаслик ва огоҳлантирмасдан ўчириш ҳуқуқига эга. Изоҳлар ҳақида тўлиқ маълумот мана бу манзилда (босинг)
Имя *:
Email:
Код *:

Профил

Время: 08:21
Добро Пожаловать, Mexmon

 
Новинка у нас
Самое Популярное
Самое Популярное