QO'Y (21. 03 — 20. 04)
Kuningiz unumli kechishi kutilmoqda. Agar kuzatuvchanlikni oshirsangiz, ish joyingizda martabangiz ham yuqorilashi tayin. Tadbirkorlarni ham bugun yana bir yangi foydali shartnoma imzolash amali kutadi. Ammo buning uchun avval mo'ljallangan ish uchun katta pul tikishingiz talab etiladi. Oilali do'stlarimiz uchun ham kun quvonchli kechadi. Siz sira qiynalmasdan ro'zg'or hamda moliyaviy muammolarni bartaraf eta olasiz. Omadingizni bersin! Salomatlikni asrang.
BUZOQ (21. 04 — 21. 05)
16 fevral kuni o'tgan kunlardagi bajargan ishlaringiz uchun daromad olishingiz kutilmoqda. To'g'ri, bu oson kechmasligi mumkin. Ammo daromad qo'lga tegishi aniq. Moliyaviy muammolarni bartaraf etishda yangi bosqichga ko'tarilasiz. Bu yaxshigina pul ishlab topish va zahiradagi pullarni iqtisod qilish uchun qulay imkoniyatlar yaratadi. Agar salomatligingiz pand bera boshlaganini payqasangiz, darhol vrachga murojaat eting.
EGIZAKLAR (22. 05 — 21. 06)
Bugun ertalabdan hech kim bilan bahslashmang. Bahs katta janjalga aylanib ketishi mumkin. Ayniqsa, birovlarga kelajak rejalaringizni gullay ko'rmang. Ko'z tegadi. Yangi ishlarga qo'l urishdan oldin kuch to'plab olishingiz zarur bo'ladi. Oilaviy hayotingizda sokinlik hukm suradi. Siz esa shaxsiy hayotda qandaydir yangilik yasash harakatida yelib-yugurishingiz mumkin. Bugun olis safarga chiqish muvaffaqiyat keltiradi. O'zingizni ehtiyot qiling.
QISQIChBAQA (22. 06 — 23. 07)
16 fevral kuni har tarafdan mushkulotlar yuz ko'rsata boshlashiga guvoh bo'lasiz. Lekin o'zingizga mahkam bo'lib, iroda kuchingizni astoydil ishga solsangiz, ularni yengib o'ta olasiz. Birovga va'da bersangiz, albatta uning ijrosini ta'minlashingiz tavsiya qilinadi. Pul olishda jiddiy muammolarga duch kelishingiz mumkin. Muhim hujjatlarga imzo qo'yishda sergak turing. Kechqurun hayotingizda unutilmas lahzalar yuzaga keladi.
ARSLON (24. 07 — 23. 08)
Anchadan beri do'stona munosabatlar yuritib kelgan inson bugun ham sizni tashlab qo'ymoqchi emas. Qaysidir muammoni hal etishda yordamga keladi. Ishxonangizda ham obro'yingiz oshishi kutilmoqda. Lekin bu haqda hech kimga maqtana ko'rmang. Aks holda yuqori lavozimli shaxslar istaklaringizni nazorati ostiga olishni xohlab qolishi mumkin. Oilasizlar kechqurun romantik uchrashuvga chiqishadi. Bo'lg'usi juftingiz siz uchun kutilmagan sovg'a hozirlab qo'ygan bo'lib chiqadi.
PARIZOD (24. 08 — 23. 09)
16 fevralda hayotingizni ijobiy tarafga o'zgartirib yuborishi mumkin bo'lgan vaziyatlarga alohida e'tibor bilan yondashing. Har bir bajariladigan ishga mehr bilan yondashing. Muhim hujjatlarga imzo chekish zarurati tug'ilsa, huquqshunos ishtirokidagina bu ishni amalga oshiring. Kimlardir bugun sizni katta pulga chuv tushirish payida bo'lishi mumkin. Ehtiyot bo'ling. Surunkali xastalikka yo'liqqan bo'lsangiz, atmosferada davom etayotgan magnit bo'ronlaridan ehtiyotingizni qiling.
TAROZI (24. 09 — 23. 10)
Ko'ngilsizliklarni chetlab o'tish niyatida bo'lsangiz, yo'l-yo'lakay uchraydigan mayda-chuyda noqulayliklarga ham e'tibor bering. Ishxonangizdagi yumushlarni bajarib, yuqori natijaga ega bo'lishni xohlasangiz, astoydil, ter to'kib ishlashingizga to'g'ri keladi. Muhabbatda oila qurmaganlar qaysarlikdan voz kechishlari kerak. Bu fe'lingiz bo'lg'usi juftingizning joniga tegishi mumkin. Muloyim munosabat yuritishga harakat qiling.
ChAYoN (24. 10 — 22. 11)
16 fevral kuni ishga ijodiy munosabatda bo'lishingiz, buning uchun har qanday usullardan erinmay foydalanishingiz tavsiya etiladi. Professionalizmning eng yuqori cho'qqilariga ko'tarilishni istaganlar, bir daqiqaga ham bo'shashmasliklari lozim. Moliyaviy masalada omadingiz chopishiga to'liq kafolat yo'q. Lekin pulsiz ham qolib ketmaysiz. Kechqurun har qanday hajmdagi xaridlardan voz keching. Bu xaridlar sizni inqirozga yuz tuttirishi mumkin.
O'QOTAR (23. 11 — 21. 12)
O'zingizga yaxshi tanish bo'lmagan yumushlarga qo'l urishdan saqlaning. Bunday ishlar sizga foyda keltirmaydi. Ortiqcha vaqt o'tkazganingiz qoladi xolos. Qaysar va kamgap odamlar bilan bugun til topishishingiz juda oson kechadi. Atrofingizda shunday odamlar bo'lsa, ular bilan til topishishingiz moliyaviy manfaat keltiradi, unutmang. Kechki payt favqulodda xizmat safariga jo'nab ketishingiz kutiladi. Safar shaxsiy hayotingizni yanada yaxshilash imkonini beradi.
TOG' EChKISI (22. 12 — 20. 01)
16 fevral kuni ehtiroslarni jilovga oling. Aks holda juftingiz yoki bo'lg'usi juftingiz bilan o'zaro munosabatlarga putur yetadi. Bugun ehtiroslarga suyanib ish ko'radigan kun emas. Kimlardir xorij safariga jo'nab, bir olam taassurotlarga ega bo'ladi. Ammo safar davomida shaxsiy buyumlaringiz, pullaringiz va hujjatlarga ehtiyot bo'ling. Kechqurun safarga chiqmaydiganlar toza havo sayriga chiqsa ham ziyon ko'rishmaydi.
QOVG'A (21. 01 — 19. 02)
Moliyaviy masalaning plyus va minus taraflarini yaxshiroq o'rganib chiqing. Bu muammolarni ijobiy hal etishda bir urinishdayoq yordam beradi. Ishxonangizdagi obro'yingizni saqlab qolish uchun katta kuch sarflashingizga to'g'ri keladi. Agar pul, omad masalasida faqat ziyon yetkazayotgan bo'lsa, emotsiyangizni jiddiy nazoratda ushlang. Qarindoshlarga nisbatan iliq munosabatlarni saqlab qoling. To'g'ri ovqatlaning.
BALIQ (20. 02 — 20. 03)
16 fevralda ijodkorlar birinchi navbatda muvaffaqiyatlarning eng yuqori cho'qqilarini zabt etishadi. Boshqalar ham muvaffaqiyatdan mosuvo qolishmaydi. Sizni yuqori lavozimga tayinlashlari mumkin. Shaxsiy hayotingizda ham omadli lahzalar yetarlicha bo'ladi. Jismoniy zo'riqishlarga erk bermang. Buning oqibatida salomatligingizga putur yetishi mumkin.
Xushvaqt bo'ling! Hammavaqt bo'ling!
Olimjon HAYIT tayyorladi