Меню
Поиск
Фотоалбом
Главная » Файлы » MAHALLIY HABARLAR (UZB)

Gazda ishlaydigan mashinalarga maxsus belgilar o‘rnatiladi

O‘zbekiston Vazirlar Mahkamasining 11 noyabrdagi qarori bilan siqilgan gaz hamda suyultirilgan neft gazida, yoxud dizel va gazsimon yoqilg‘i aralashmasida ishlaydigan mashinalarning umumiy texnik xavfsizlik reglamentiga o‘zgartishlar kiritildi.
Yarim yildan so‘ng amalga kiritiladigan hujjatda ta’kidlanishicha, M (yo‘lovchi va yuk tashuvchi-yo‘lovchi) va N (yuk tashuvchi) kategoriyalardagi avtomobillarning xavfsizlik talablari yana kuchaytiriladi.
Nizomda gaz uskunalari o‘rnatish bilan shug‘ullanuvchi tashkilotlarga qo‘yiladigan talablar aniq belgilab berilib, bunday turdagi uskunani o‘rnatish tartibi, uni tekshiruvdan va sinovdan o‘tkazish va boshqa holatlar belgilab berildi.
Gaz-ballon uskunalariga ega avtomobillardan foydalanish hamda ularga xizmat ko‘rsatishga alohida bob bag‘ishlandi. Unda mashina egalari, ekspluatasion tashkilotlar va haydovchilarning majburiyatlari, avtomobillarga yoqilg‘i quyish, texnik xizmat ko‘rsatish, ta’mirlash va majburiy texnik ko‘rikdan o‘tkazish masalalari tartibga solindi.
Unga ko‘ra, uskunalarni o‘rnatish ularni tayyorlagan zavod ko‘rsatmalari asosida amalga oshiriladi. Bunday uskunada ishlaydigan avtomobillarga qo‘yiladigan talablardan biri unga maxsus tanish belgisining qo‘yilishi bo‘ladi.


Manba:kun.uz
Категория: MAHALLIY HABARLAR (UZB)
Просмотров: 4449 | Комментарии: 1 | Рейтинг: 0| Рейтинг: Gazda ishlaydigan mashina, o‘rnatiladi, belgilar, maxsus
Mavzuga Oid Boshqa Yangiliklar:
Реклама

Всего комментариев: 1
sherzod9121 Yaxshi uylapdi
Like | 0
Элатма: Сайт ходимлари ўзларига ёқмаган изоҳларни фаоллаштирмаслик ва огоҳлантирмасдан ўчириш ҳуқуқига эга. Изоҳлар ҳақида тўлиқ маълумот мана бу манзилда (босинг)
Имя *:
Email:
Код *:

Профил

Время: 16:30
Добро Пожаловать, Mexmon

 
Новинка у нас
Самое Популярное
Самое Популярное