Medvedev Ukrainadagi maxsus operatsiyani “yangi Vatan urushi” deb atadi
Rossiya Xavfsizlik kengashi raisi o‘rinbosari Dmitriy Medvedev Rossiyaning Napoleon Bonapart va Adolf Gitler ustidan g‘alabasi haqida eslatgan Yevropa diplomatiyasi rahbari Jozep Borrelning gaplarini yuqori baholadi.Rossiyalik siyosatchining so‘zlariga ko‘ra, G‘arbiy Yevropa — Rossiya bilan urushganlarning to‘g‘ridan to‘g‘ri vorislari, demak, Ukrainadagi qurolli nizo esa “yangi Vatan urushidir”.
“Turqi sovuq bo‘lsa ham, Borrel mamlakatimiz Napoleon va Gitlerni mag‘lub qilganini esladi. E’tibor bering, bu qiyoslashni uning o‘zi keltirib o‘tdi. Demak, Ukraina natsistlari va G‘arbiy Yevropa — Rossiya bilan jang qilganlarning bevosita merosxo‘rlari. Ular bilan urush esa yangi Vatan urushidir. G‘alaba ham biz tomonda bo‘ladi. Xuddi 1812 va 1945-yillardagi kabi”, — deb yozdi Medvedev o‘z Telegram kanalida.Jozep Borrel 20-yanvar kuni Madridda “Yangi iqtisodiyot” forumi mukofotlarini topshirish marosimida “oxirigacha urishishga o‘rgangan” hamda Fransiya imperatori Napoleon Bonapart va Uchinchi reyx yetakchisi Adolf Gitler ustidan g‘alaba qozongan Rossiyaga past baho bermaslikka chaqirgandi.