Erkaklar o‘qisin! Ayolni baxtli qilishning 15 usuli
Ayolni baxtli qilish juda oson. Buning uchun ayol suyukli ekanligini doim his etib yashashi kerak. Ayol erkak e’tiborisiz so‘lib qoladi. Erining mehri, muhabbati, erkalashi ayolga suv kabi zarur. Agar siz ayolingizni quvonchli ko‘zlarini har kuni ko‘rishni istasangiz quyidagi maslahatlarni amalda bajo keltiring.
1. Muntazam ravishda ayolingizni sevishingiz haqida aytib turing. Albatta har kuni "Seni sevaman" deb qaytaraverish hammaga ham to‘g‘ri kelavermaydi. Lekin ba’zan bo‘lsada "Seni sevaman", "Yaxshi ko‘raman", "Sensiz yashay olmayman", "Menga juda keraksan" kabi gaplaringiz xotiningizni juda baxtli qiladi;
2. E’tiboringizni ayamang. Ish vaqti xotiningizga telefon qilib qo‘yish, uyga kelayotganda arzimagan bir sovg‘acha bilan kelish (shirinlik, muzqaymoq, gul), oshxonada siz uchun ajoyib taomlar pishirib turganida oldiga borib o‘pib qo‘yish, arzimagan ishi uchun unga rahmat deyishni unutmasligingiz kerak;
3. Bolalarni parvarish qilishda, tarbiya qilishda doim xotiningizga yordamingizni ayamang;
4. Xotiningiz hurmatini qarindoshlar oldida joyiga qo‘ying. Hammani oldida uni yerga urib keyin xoli bo‘lganingizda uni yonini olish ayolingizni ranjitadi. Undan ko‘ra hammani oldida uni yonini olib, keyin yagona qolganizlarda uni xatosini tushuntirib boshqa unday qilmasligini talab qiling;
5. Uy-ro‘zg‘or but bo‘lishi o‘z zimmangizda bo‘lsin;
6. Xotiningizning moliyaviy ehtiyojini oilangiz byudjetidan kelib chiqqan holda qondiring;
7. Yilda ikki marta xotiningizni dam olishga olib boring. Iloji bo‘lsa, bolalarni buvilariga qoldirib er-xotin birga borish haqida ham unutmang. Hissiyotlarni yangilab turish kerak;
8. Xotiningiz yangi kiyim, yangi ichki kiyim kiysa yoki soch turmagini o‘zgartirsa, bu haqda o‘z fikringizni aytishni unutmang. Beparvo bo‘lmang;
9. Xotiningiz tug‘ilgan kunida albatta gul bering;
10. Bolalaringiz oldida xotiningiz siz uchun naqadar qadlri ekanligini ko‘rsating. Bolalar ham uni qadrlab hurmat qilishni bilsin;
11. Xotiningizga hech qachon xiyonat qilmang. Bir daqiqalik hissiy bo‘shlik tufayli bir umrlik OILA rishtasini buzmang;
12. Xotiningiz bilan jinsiy aloqani ikkalovingiz uchun ham ajoyib va yoqimli bo‘lishini ta’minlang;
13. Sovg‘a berib turishni biling;
14. Xotiningizni hurmat qiling. Uyda uning istak va ehtiyojlari ham inobatga olinsin;
15. Xotiningizni ko‘proq quchoqlang. Hatto televizor ko‘rib o‘tirganda ham quchoqlab o‘tirish naqadar yoqimli ekanligini unutmang.
Ayolini baxtli qila olgan erkakdan baxtliroq erkak bo‘lmasa kerak dunyoda.