Меню
Поиск
Фотоалбом
Сундтреки
. Sevgi Iztirobi (Kara Sevda) - Soundtreck 3
. Ziyoda-Super Qaynona [soundtreck]
. Ko'sem - Soundtreck (Turk serial)
. Qirolicha - Soundtreck (Mishel xonim)
. Shamollar Mamlakati - soundtreck 2 (korea)
. O'zga Sayyoralik Mahbubim - In Front Of Your
. Qaxvaxona - soundtreck
. Kuz ertagi-soundtreck 2
. Ayol Qalbi - True Love
. Qalbim Chechagi-soundtreck
. Sevishganlar - soundtreck (OST serial kareya)
. Kuz ertagi-Piano [soundtreck]
. IRIS-soundtreck [New 2012]
. O'zga Sayyoralik Mahbubim - Younha My love
. Ko'sem - Soundtreck music (Turk serial)
Главная » Файлы » MAHALLIY HABARLAR (UZB)

DTMning testga o‘zgarish kiritishiga Adliya vazirligi e’tirozlar bildirdi


Adliya vazirligi DTMning test tizimiga kiritishni rejalashtirayotgan o‘zgarishlari bo‘yicha o‘z xulosalarini berdi, deya xabar berdi bloger Shahnoza To‘raxo‘jayeva.

Unda loyiha bo‘yicha bir qator takliflar va e’tirozlar bildirilgan. Xususan:

Vazirlik DTMdan imtihonda foydalaniladigan darsliklar masalasiga aniqlik kiritishni, ya’ni ushbu darsliklar ro‘yxatini shakllantirish uchun aniq mezonlarni ishlab chiqishni talab qilgan.

Loyihadagi eng bahsli o‘rinlardan biri – test sinovlarini takror topshirish uchun eng kam ish haqining 1 baravari miqdorida to‘lov undirilishi masalasiga Adliya vazirligi e’tiroz bildirgan. «Bu fuqarolarning konstitusion huquqlariga zid, chunki konstitutsiyada har kimga moddiy va jismoniy imkoniyatlaridan qat’i nazar, ta’lim olishi uchun bir xil imkoniyat berishni belgilab qo‘yilgan. Shu bois mazkur band qayta ko‘rib chiqish kerak, ushbu masala aholi o‘rtasida noroziliklar yuzaga kelishi mumkinligini inobatga olish lozim» deyiladi vazirlik xulosasida.

DTM rahbarining maqomini vazirga tenglashtirish bo‘yicha bandga ham e’tiroz bildirilgan. DTM vakolatlari kengaytirilishi maqsadga muvofiq emas, ya’ni ushbu qaror loyihasidan ko‘zlangan maqsadga. Adliya vazirligi «loyihaning tartibga solish predmeti bo‘lmagan 6-band ortiqcha sifatida chiqarib tashlanishi lozim» degan xulosani bergan. Ushbu bandda DTMning vakolatlarini kengaytirish, xususan, uning direktorini lavozimiga ko‘ra vazirga tenglashtirish, rahbarga Davlat test markazi tuzilmasiga o‘zgartirishlar kiritish huquqini berish nazarda tutilgan.

Loyihada 2 yil muddatga amal qiladigan sertifikat berilishi belgilangan. Ammo sertifikat qanday tartibda beriladi va berilgandan keyin uning qanday yuridik kuchi bo‘ladi degan masalalar ochiq qolgan. Amalga oshirilishining aniq mexanizmiga ega bo‘lmagan normalar huquqni tartibga solishdagi bo‘shliqlarni paydo qiladi va bu o‘z navbatida korrupsiyaga yo‘l ochadi. Shu sababli Adliya vazirligi ushbu sertifikatni berish tartibini ishlab chiqish va uning huquqiy oqibatlarini aniq bayon etish lozim deyapti.

Adliya vazirligi regulation.gov.uz portalida fuqarolarning ushbu loyiha bo‘yicha bildirgan taklif va mulohazalarini har tomonlama, sinchkovlik bilan o‘rganib chiqishni ta’kidlagan va o‘z xulosalariga ushbu fikr-mulohazalardan qo‘chirmalarni ilova qilgan.

Adliya vazirligining mazkur talablari asosida DTM loyihani qayta ko‘rib chiqishi va belgilangan tartibda Vazirlar Mahkamasiga kiritishi lozim.



Manba:xabar.uz
Категория: MAHALLIY HABARLAR (UZB)
Просмотров: 3873 | Рейтинг: 0| Рейтинг: DTM
Mavzuga Oid Boshqa Yangiliklar:
Реклама

Всего комментариев: 0
Элатма: Сайт ходимлари ўзларига ёқмаган изоҳларни фаоллаштирмаслик ва огоҳлантирмасдан ўчириш ҳуқуқига эга. Изоҳлар ҳақида тўлиқ маълумот мана бу манзилда (босинг)
Имя *:
Email:
Код *:

Профил

Время: 02:47
Добро Пожаловать, Mexmon

 
Новинка у нас
Самое Популярное
Самое Популярное