O‘zbekiston Markaziy banki 20 noyabrdan xorijiy valyutalarning o‘zbek so‘miga nisbatan yangi qiymatini belgiladi.
Dollar kursi o‘tgan haftaga nisbatan 6.26 so‘mga ko‘tarilib, 1 AQSh dollari 8277.53 so‘m tashkil etdi.
Yevro kursi esa 76.63 so‘mga oshdi va 9451.28 so‘m tashkil etdi.
Rossiya rubli 3.77 so‘mga qimmatlab, 125.56 so‘m tashkil etdi.
Markaziy bank xorijiy valyutalarni ushbu qiymatda sotish yoki sotib olish majburiyatini olmagan.