O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki xorijiy valyutalarning o‘zbek so‘miga nisbatan joriy yilning 16 noyabr kuni amalda bo‘ladigan qiymatini belgiladi.
Unga ko‘ra, dollarning rasmiy kursi 19,41 so‘mga tushdi va 11 170,65 so‘mni tashkil qildi.
Yevro kursi 30,82 so‘mga ko‘tarildi, 11, 619, 71 so‘m etib belgilandi.
Rossiya rublining kursi 0,02 so‘mga oshdi va 185,21 so‘mni tashkil etdi.