O‘zining mayin va shirali ovozi, talanti, shuningdek go‘zal odobi bilan barchadan ajralib turuvchi Dilso‘zni bugun shou- biznes olamida yorqin porlayotgan yulduz deya atashimiz mumkin. Asosan, milliy yo‘nalishdagi diltortar va raqsbob taronalari muhlislar, tinglovchilar tomonidan har doim iliqlik bilan kutib olinadi.
Ayniqsa, honandaning repertuaridan o‘rin olgan va ko‘pchilikning sevimli qo‘shig‘iga aylangan “Begim” taronasini aloxida ta’kidlab o‘tish joiz. Bugungi kunda sevimli xonandangiz ayni ijod bilan band.
“Begim” qo‘shig‘ining davomi sifatida u bugun Farxod Umirzoqov she’ri, Bahrom Karimov musiqasi, Dilmurod Matkarimov aranjirovkasi bo‘lgan “Sog‘inasiz begimey” deb nomlangan qo‘shig‘ini yozib bitirdi. Demak, oz qoldi. Yaqin kunlarda O‘zbegim taronasi radiosi hamda saytimiz orqali shu qo‘shiqning premerasini e’tiboringizga havola etamiz.