Davlat test markazining yangi direktori etib Majit Karimov tayinlandi.
UZ24ning xabar qilishicha, Karimov avval Oliy va o`rta maxsus ta`lim vazirining o`rinbosari lavozimida xizmat qilgan. 2016 yilda u Bosh vazir o`rinbosari va Toshkent Davlat texnika universiteti rektori bo`lib ishlagan.
Davlat test markaziga 2014 yildan buyon Jahongir Ismoilov rahbarlik qilib kelayotgan edi.