Gidrometeorologiya xizmat markazining xabar berishicha, ertaga O‘zbekiston bo‘ylab havo harorati o‘zgarib turadi.
30 iyul kunining ob-havo ma’lumoti bilan tanishing.
Ertaga Toshkentda kambulutli, yog‘ingarchiliksiz havo kuzatilib, sharqdan esgan shamol tezligi 3-8 metr/soniyani tashkil etadi. Havoning harorati: kechasi 24-26 daraja, kunduzi 39-41 daraja issiq bo‘ladi.
Qoraqalpog‘iston va Xorazm viloyatlarida ba’zi joylarda havo o‘zgarib turib, yog‘ingarchilik bo‘lmaydi. Sharqdan esgan shamolning tezligi 7-12 metr/soniyani tashkil etadi. Havoning harorati: kechasi 22-27 daraja, kunduzi 37-42 daraja issiq bo‘ladi.
Buxoro va Navoiy viloyatlarida ba’zi joylarda havo o‘zgarib turib, yog‘ingarchilik bo‘lmaydi. Sharqdan esgan shamolning tezligi 7-12 metr/soniyani tashkil etadi. Havoning harorati: kechasi 24-29 daraja, kunduzi 37-42 daraja issiq bo‘ladi.
Toshkent, Samarqand, Jizzah va Sirdaryo viloyatlarida ba’zi joylarda havo bulutli bo‘lib, yog‘ingarchilik bo‘lmaydi. Sharqdan esgan shamolning tezligi 7-12 metr/soniyani tashkil etadi. Havoning harorati: kechasi 22-27 daraja, kunduzi 37-42 daraja issiq bo‘ladi.
Qashqadaryo va Surxandaryo viloyatlarida ba’zi joylarda havo bulutli bo‘lib, yog‘ingarchilik bo‘lmaydi. Sharqdan esgan shamolning tezligi 7-12 metr/soniyani tashkil etadi. Havoning harorati: kechasi 25-30 daraja, kunduzi 37-42 daraja issiq bo‘ladi.
Andijon, Namangan va Farg‘ona viloyatlarida ba’zi joylarda havo bulutli bo‘lib, yog‘ingarchilik bo‘lmaydi. Sharqdan esgan shamolning tezligi 5-10 metr/soniyani tashkil etadi. Havoning harorati: kechasi 20-25 daraja, kunduzi 37-42 daraja issiq bo‘ladi.
Respublikaning tog‘li hududlarida havo bulutli bo‘lib, yog‘ingarchilik bo‘lmaydi. Sharqdan esgan shamolning tezligi 7-12 metr/soniyani tashkil etadi. Havoning harorati: kechasi 17-22 daraja, kunduzi 29-34 daraja issiq bo‘ladi.
Muhayyo Saidova