Toshkent shahar Ichki ishlar Bosh boshqarmasi poytaxtda yana bir fohishaxona faoliyatiga chek qo‘ydi.
2017 yilning 6 oktabr kuni taxminan soat 21:30larda, o‘tkazilgan tezkor tadbir davomida, muqaddam sudlangan Temirova Dilfuza Yuldashevna, Chilonzor tumani, Naqqoshlik ko‘chasi, 17-22 xonadonda fohishaxona saqlab, 40.000 so‘m pul evaziga fuqaro «M» va «A» larga jinsiy aloqa qilishlari uchun sharoit yaratib berganligi aniqlangan.
Mazkur holat yuzasidan Chilonzor tumani IIB huzuridagi Tergov bo‘limi tomonidan O‘zbekiston Respublikasi JKning 131-moddasi 2-qismi (fohishaxona saqlash) alomatlari bilan jinoyat ish qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.