Меню
Поиск
Фотоалбом
Главная » Файлы » SOG'LIK

Buyrakda Tosh qaerdan paydo bo‘ladi?

«Belimda goh keskin gohida simillagan og‘riq bezovta qilavergach, tibbiy tekshiruvlardan o‘tdim. UTT tahlili buyragimda tosh borligini ko‘rsatdi. Garchi o‘lchami kichik bo‘lsa-da, tushib ketarmikan degan havotirdaman. Yanada kattalashsa-chi? Nima qilaman?» 
Nargiza Akromova, Toshkent viloyati
Mavzu yuzasidan oliy toifali shifokor-urolog, dotsent Ulug‘bek XUDOYBERGANOV ma’lumot beradi. 
Statistik ma’lumotlarga ko‘ra, buyrak-tosh kasalligi – nefrolitiazga chalinuvchilar soni kundan-kunga oshib bormoqda. Xastalikka doir ko‘rsatkich erkak va ayollarda deyarli bir xil. Buyrakdagi toshlar joylashishi va xajmiga ko‘ra turlicha bo‘ladi. Urat, oksalat, fosfat toshlari, peshob suyuqligida shovul kislotasining ko‘payib ketishini natijasida cho‘kmalar paydo bo‘lishidan so‘ng kelib chiqadiganlari, shuningdek, kalsiy tuzining siydikda me’yordan ortiqcha ajralishi sababli paydo bo‘ladigan toshlar shular jumlasidan. 
Sababini bilasizmi? 
Buyrak-tosh kasalligi asosan organizmda moddalar almashinuvining buzilishi sababli kelib chiqadi. Shu bilan birga xastalikning boshqa omillari ham yo‘q emas. Xususan:
•  Yetarli miqdorda suyuqlik ichmaslik sabab organizmda suv almashinuvining buzilishi;
•  Peshob yo‘llaridagi infeksiyalar;
•  Peshob xajmi kamayganda yoki suyuqligi tarkibida tosh paydo qiluvchi moddalar ko‘payganida buyrakda tosh hosil bo‘lishi. 
Toshlar turli xastaliklar asoratida ham yuzaga kelishi mumkin. Jumladan:
•  Podagra – peshob kislotasi ortib, tosh paydo bo‘lish xavfi paydo bo‘ladi.
•  Peshob tarkibida kalsiy tuzining ko‘pligi (xastalikning 50% ni tashkil qiladi).
•  Qandli diabet va gipertoniya bilan og‘riganlarda ham buyrak toshining yuzaga kelish extimoli bor.
•  Shuningdek, ba’zi dori preparatlari ham buyrakda tosh keltirib chiqarishi mumkin.
Qanday alomatlari bor?
Aksariyat xollarda buyrak toshi qorin, bel va tos sohasida keskin og‘riq berishi bilan xarakterlanadi. Og‘riq shu qadar kuchli bo‘ladiki, hatto tana holatini o‘zgartirganda ham o‘tib ketmaydi.  Ko‘ngil aynishi, qayt qilish, peshob rangining to‘qlashishi, siydik ajralishining qiyinlashishi kabi alomatlar ham xastalikdan darak beradi. Agar peshob yo‘llarida toshdan tashqari infeksiya bo‘lsa, tana harorati ko‘tirilishi , et uvishishi yoki xolsizlik yuzaga keladi. 
Toshlar qanday paydo bo‘ladi?
Toshlar avvaliga turli tarkibga ega mayda kristall ko‘rinishida bo‘lib, suyuqlik miqdori yetarlicha qabul qiladigan kishilarda siydik ajralishi orqali chiqib ketadi. Agar bu holat yuz bermasa, kristallar o‘sa boshlaydi va bir-biri bilan birlashib, toshga aylanadi. Odatda, toshlar o‘lchami 4 mm dan 4-5 sm.gacha bo‘lib, bir necha yillar davomida bilinmay kattalashishi mumkin. Buyrakda qum yoki tuz borligi aniqlanganida u toshga aylanmasligi uchun zarur davo choralarini ko‘rish lozim. Afsuski, buyrakda tosh paydo bo‘lganida uni bartaraf etishga qaratilgan muolaja qayta tosh to‘planmasligiga kafolat bera olmaydi. Shu bois ham tosh olib tashlangach, uning tarkibi o‘rganilib, qanday mahsulotlarni iste’mol qilish va nimalarga ahamiyat qaratish kerakligi ko‘rsatiladi. 
Nasl suradimi?
Mutaxassislar, buyrak xastaliklari bilan bog‘liq irsiy moyillik 1-2 foiz ekanligini ta’kidlashadi. Ba’zan oila a’zolarida siydik-tosh kasalligi yohud polikistoz aniqlangan bo‘lsa, uning keyingi avlodlarida mazkur xastaliklarning birortasi ham kuzatilmasligi mumkin. Shu bois aksariyat xollarda buyrak bilan bog‘liq kasalliklar orttirilgan bo‘ladi. 
Tashxis qo‘yamiz!
Buyrakdagi nome’yoriy o‘zgarishlarni aniqlash uchun shifokor huzurida peshob tahlili, UTT va rentgen tekshiruvlari o‘tkaziladi. Shuningdek umumiy shikoyatlaringiz, bezovtalik qachondan boshlangani, og‘riq asosan qachon xuruj qilayotgani surishtiriladi.
Qanday davolanadi?
Tosh xajmi katta bo‘lmasa (4-5mm), yetarli miqdorda suyuqlik ichilganida siydik orqali tushib ketadi. 9-10 mm.o‘lchamdan katta toshlarga  esa davolash usullari tadbiq etiladi. Bunda toshni maydalab tushiruvchi muolaja turi tanlanib, tosh siydik yo‘llaridan o‘ta oladigan darajaga keltiriladi. Buyrakdagi tosh o‘lchami 1,5 sm.gacha bo‘lganida uni maydalash maqsadida elektromagnit to‘lqin yoki ultratovush zarb to‘lqini yordamida muolaja o‘tkaziladi. Mazkur amaliyot ambulator sharoitda bajarilib, hech qanday tig‘ ishlatilmaydi. Elektromagnit to‘lqin ta’sirida maydalangan toshlar 3-5 kun ichida siydik bilan tushib ketadi. Xajmi yirik toshlarga esa endoskopik jarroxlik amaliyoti tadbiq etiladi. 
Oldini olish mumkinmi?
Buyrak toshi paydo bo‘lmasligining asosiy talablaridan biri sog‘lom turmush tarziga rioya etish. O‘z vaqtida taomlanish, vitaminga boy mahsulotlarga urg‘u berish, yetarlicha suyuqlik ichish kabilar shular jumlasidan. Har kungi yengil jismoniy mashqlar ham organizmni chiniqtiradi. Shu bilan birga qon aylanishini ham yaxshilaydi.


Категория: SOG'LIK
Просмотров: 7015 | Рейтинг: 0| Рейтинг: Tosh, Buyrak
Mavzuga Oid Boshqa Yangiliklar:
Реклама

Всего комментариев: 0
Элатма: Сайт ходимлари ўзларига ёқмаган изоҳларни фаоллаштирмаслик ва огоҳлантирмасдан ўчириш ҳуқуқига эга. Изоҳлар ҳақида тўлиқ маълумот мана бу манзилда (босинг)
Имя *:
Email:
Код *:

Профил

Время: 03:57
Добро Пожаловать, Mexmon

 
Новинка у нас
Самое Популярное
Самое Популярное