Britaniyadagi klinika 99 yoshli ayolni homilador deb topdi
Britaniyaning Farxem shahrida joylashgan klinika 99 yoshli Doris Eylingga homiladorligi haqida ma’lumot berdi. Bu haqda The Sun nashri yozmoqda.
“Men deyarli 100 yoshdaman, qanday homilador bo‘lishim mumkin?”, – hayron qoladi Eyling xonim. Aytilishicha, shifoxonadan berilgan xatda uning yoshi to‘g‘ri ko‘rsatilgan.
“Mening 3 farzandim va 20 nabiram bor, ammo men 70 yildan beri homilador bo‘lmaganman”, – so‘zida davom etdi keksa ayol.
Shifoxona rasmiylari ushbu maktubni “kamyob ma’muriy xatolardan biri” deb tan oldi.
“Juda qiziqarli, – dedi ayolning 76 yoshli o‘g‘li Brayan. – Miriqib kuldik”.