Bugun, 28 iyun kuni Iroqning Bog‘dod shahrida joylashgan Abu-Greyb masjidiga kirgan xudkush o‘zini portlatib yubordi. Bu haqda “Indian Express” nashri xabar beradi.
Ma’lumotlarga ko‘ra, akt natijasida 12 kishi vafot etgan, 32 kishi turli darajadagi tan jarohatlarini olgan.
Ayni vaqtda ushbu terakt qaysi terroristik guruh tomonidan amalga oshirgani aniqlanmoqda.
Ushbu qo‘poruvchilik harakati Fallujada IShID jangarilari ustida qozonilgan g‘alabadan so‘ng, Bog‘doddagi birinchi terakt hisoblanadi.