Biolog koronavirus pandemiyasi qachon tugashi mumkinligini aytdi
Inson tanasida yangi koronavirusning evolyusiyasi jarayoni, shuningdek mamlakat aholisining 70 foizida unga immunitet paydo bo‘lsa - bu epidemiya tugatish uchun tabiiy sharoit bo‘ladi, dedi GMU (AQSh) tizimli biologiya maktabining professori, biologiya fanlari doktori Anna Baranova RIA Novosti agentligiga. “Epidemiyani tugatish – bu ikki jarayon. Birinchisi - bu virusning evolyusiyasi. Biz bilamizki, yangi xo‘jayinda, odam esa virus uchun yangi xo‘jayin - virus zaiflashi sodir bo‘ladi. Biz buni boshqa viruslarda, shu jumladan koronaviruslarda ham kuzatdik. Ko‘rshapalak virusi odamga kirdi, odamdan odamga o‘tishi virus mutatsiyalari bilan birga sodir bo‘ladi, va ular odatda virusni zaiflashtiradi. Virusning koevolyusiyasi - inson bilan ozmi-ko‘pmi birga yashashi uchun sodir bo‘ladi. Mazkur virus endi bizga moslashmoqda. Bu qancha vaqt davom etishi noma’lum”, - dedi Baranova. Ikkinchi jarayon, odamlar tomonidan immunitetga ega bo‘lishi, ya’ni tabiiy emlash jarayonidan o‘tish. Mutaxassisning so‘zlariga ko‘ra, mamlakat aholisining qariyb 70 foizi koronavirus bilan kasallansa, populyatsiyada virus bilan kurasha oladigan antitelalarga ega bo‘lgan odamlar qatlami paydo bo‘ladi. Bunday holda, kasallanish u darajada yuqori bo‘lmaydi - hammada immunitet bo‘ladi.