Besh nafar amerikalik bir kunda 10 mlrd dollarga boyib ketdi
Besh nafar amerikalik bir kunda o‘n milliard dollarga boyib ketdi, deb xabar beradi“TASS” USA Today gazetasi ma’lumotlariga tayanib.
Nashrda yozilishicha, mablag‘ning katta qismi Amazon kompaniyasi asoschisi va egasi Jeff Bezosga to‘g‘ri keladi. Unga tegishli firma aksiyalarining birjadagi aylanmasi 6,2 foizga o‘sishi natijasida uning shaxsiy aktivlari 2,91 milliard dollarga qimmatlashdi.
Undan keyingi o‘rinni Google kompaniyasi asoschilari Lerri Peyj va Sergey Brin egalladi. 23-oktabr, juma kuni aksiyalarning qimmatlashuvi birinchisiga 2,48 milliard, ikkinchisiga 2,42 milliard dollar foyda keltirdi.
Microsoft kompaniyasi aksiyalarining aylanmasi 10 foizga o‘sganligi natijasida Bill Geytsning daromadi 1,12 milliard dollarga ortdi.
Beshlikning oxirgi o‘rnidan 1,07 milliardga boyigan Facebook ijtimoiy tarmog‘ining asoschisi joy oldi.