Меню
Поиск
Фотоалбом
Главная » Файлы » MAHALLIY HABARLAR (UZB)

Bayram kunlari Toshkentga kirish cheklanishi mumkin


O‘zbekiston ichki ishlar vazirining birinchi o‘rinbosari Davron Nazarmuhamedov «Tozalash-antiterror» tadbirlari to‘g‘risida so‘zlab berdi, deb yozadi "Gazeta.uz".

Davron Nazarmuhammedovning aytishicha, O‘zbekiston Mustaqillik kuni (1 sentabr) arafasida va bayram kunlari poytaxtga kirib kelayotgan transport vositalari qatnovi biroz cheklanishi mumkin.

Uning qayd etishicha, bayram munosabati bilan poytaxtimizda xavfsizlikni yanada kuchaytirish maqsadida transport vositalari yo‘l harakati xavfsizligi xizmati xodimlari tomonidan jiddiy tekshiruvdan o‘tkazilmoqda.

«Tozalash-antiterror» tadbirlari doirasida ko‘p qavatli uylar, hovlilar, korxona va tashkilot, mehmonxona, muassasa, kafe-bar va restoranlar, savdo va xizmat ko‘rstuvchi ob’ektlar, qurilishi tugallanmagan joylar, garajlar va hokazolar o‘rganib chiqildi. Shu asnoda qariyb 10 ming huquqbuzarliklar aniqlandi. Aybdorlarning tegishli tartibda ma’muriy javobgarlikka tortilishi ta’minlandi.

Shubha uyg‘otganligi yoki huquqbuzarlik sodir etganligi uchun 16 mingga yaqin shaxs ichki ishlar organlariga olib kelindi. Ular bilan tegishli tartibda ish olib borilmoqda.

Tadbir davomida jami 660 nafar huquqbuzarlik sodir etishga moyil shaxs aniqlanib, profilaktik hisobga olindi. 454 nafar jinoyat sodir etib qidiruvda yurgan shaxslar ushlandi. Tekshiruvlar davomida 10 qurol, 4 o‘q-dori, 5 diniy ekstremistik oqimlarga mansub adabiyot va varaqa olindi. Jinoyatchi shaxslardan 126 kilogrammdan ortiq giyohvand modda olindi. Blok postlar va chegara maskanlarida barcha avtoulov hamda poezdlar tekshiruvdan o‘tkazilayotir. Aniqlangan qonunga zid holatlar yuzasidan tegishli choralar ko‘rilmoqda.

Pasport-viza qoidalarini buzgan 3 mingga yaqin shaxs javobgarlikka tortildi. O‘zbekiston hududida bo‘lish qoidalarini buzgan 13 nafar xorij fuqarosi yoki fuqaroligi bo‘lmagan shaxs mamlakatdan chiqarib yuborildi.



Категория: MAHALLIY HABARLAR (UZB)
Просмотров: 2966 | Рейтинг: 0| Рейтинг: Toshkent, Bayram kunlari, kirish, cheklanishi mumkin
Mavzuga Oid Boshqa Yangiliklar:
Реклама

Всего комментариев: 0
Элатма: Сайт ходимлари ўзларига ёқмаган изоҳларни фаоллаштирмаслик ва огоҳлантирмасдан ўчириш ҳуқуқига эга. Изоҳлар ҳақида тўлиқ маълумот мана бу манзилда (босинг)
Имя *:
Email:
Код *:

Профил

Время: 04:34
Добро Пожаловать, Mexmon

 
Новинка у нас
Самое Популярное
Самое Популярное