Rejissyor Rustam Sa’diev tomonidan suratga olingan “Baron” kartinasining navbatdagi treyleri e’lon qilindi. Mazkur treylerdan filmning e’tiborli sahnalari o‘rin olgan.
Ushbu filmning ommaviy axborot vositalari hamda madaniyat va san’at namoyandalari uchun yopiq premerasi 2016 yilning 15 yanvar kuni Alisher Navoiy nomli kino saroyi kichik zalida, keng jamoatchilik uchun esa taqdimot 16 yanvar kuni Kinochilar uyi hamda Alisher Navoiy nomli kino saroyida o‘tkazildi. 20 yanvardan boshlab muxlislar o‘zbek kino tarixida ilk bor 4K formatda tasvirga olingan o‘tkir syujetli psixologik dramani katta ekranlarda tomosha qilish imkoniga ega bo‘lishdi.
Eslatib o‘tamiz, Rustam Sa’dievning “Baron” filmida mashhur gollivud aktyori G‘asson Ma’sud, rossiyalik kinoaktyorlar Pavel Priluchniy, Andrey Smolyakov (Rossiyada xizmat ko‘rsatgan artist), Farhod Mahmudov (Rossiyada xizmat ko‘rsatgan artist), Viktor Verjbiskiy (Rosiya xalq artisti), o‘zbek aktyorlaridan Ulug‘bek Qodirov, Dilnoza Kubayeva, Jamila G‘ofurova, Javohir Zokirov, Muhammad Iso Abdulxairov, Habibullo Nizomov, Shahlo Temirova, Shahzoda Matchanova, Seydullo Moldaxonov, Alixon, Yoqub Ahmedov (O‘zbekiston xalq artisti), Behzod Hamroyevlar rol ijro etadi.
Film voqealari Toshkent, Termiz, Boysun, Moskva, Istanbul shaharlarida suratga olindi.