Aktrisa Asal Shodiyeva bugun, 6-aprel kuni tavallud ayyomini nishonlamoqda. Shu munosabat bilan aktrisaning do‘stlari, yaqinlari va oila a’zolari Asalni tug‘ilgan kuni bilan tabriklamoqda, deb yozadi “Darakchi.uz”.
Jumladan uning singlisi Robiya Shodiyeva Instagram ijtimoiy tarmog‘i orqali opasiga atalgan samimiy dil izhorini yozib qoldirdi.
“O‘tmishga nazar tashlab, siz bilan o‘tgan bolaligim (u haqiqatan ham bo‘lgan)ni tabassum bilan yodga olaman.
Kun bo‘yi ko‘chada o‘ynaganlarimiz, do‘stlarimiz bilan kartoshka qovurganimiz, sayrga chiqqanlarimiz yodimda. Onam esa biz biroz bo‘lsa ham uyda o‘tirishimiz uchun bizga kuchukchalar, quyonchalar, baliqchalar va hatto jo‘jachalar sovg‘a qilardilar. Har yili lagerdagi sarguzashtlarimiz-chi, bir safar cho‘kib ketishimga bir bahya qolganida siz meni qutqarib qolgansiz. Biz har doim ota-onamiz oldida bir-birimizning ayblarimizni yashirardik. Uyda ko‘p gilos bo‘lishiga qaramay, yangi ko‘ylak kiyib, qo‘shnimiznikiga gilos o‘g‘irlagani borganimiz yodimda.
Men bolaligimdan akam bo‘lishini orzu qilardim. Siz har doim menga akam o‘rnini bosgansiz. Siz har doim tarafimni olar va meni himoya qilar edingiz. Mendan bir yoshgina katta bo‘lsangiz ham hamma sizdan qo‘rqardi. Siz o‘sha vaqtlarda cho‘qintirgan ota edingiz. Bugun har birimizning o‘z oilalarimiz bor. Siz haqiqiy go‘zallik timsoli, latofatli kelinchak va g‘amxo‘r rafiqa bo‘ldingiz. Men siz va sizni ko‘z qorachig‘idek asrovchi turmush o‘rtog‘ingiz uchun juda ham baxtliman.
Men sening eng yaxshi talqiningni bilmayman, biroq eng yaxshisiga muntazam intilish meni ilhomlantiradi. Sen —mening yagonamsan, Sen — chunki sendan yaqinrog‘im yo‘q, Siz — chunki Sizga bo‘lgan hurmatim cheksiz. Tug‘ilgan kuningiz bilan!”, — deb yozdi Robiya Shodiyeva.
Nashr eslatishicha, Robiya bir vaqtlar “Bojalar” guruhining a’zosi bo‘lgan Shahzod ismli yigitga turmushga chiqqan. Ularning Amir ismli o‘g‘il farzandlari bor.
Robiya o‘z tabrigida Asal Shodiyeva uning o‘g‘li Amirni ko‘rishga deyarli har kuni kelishi, o‘z navbatida uning o‘g‘li Amir ham xolasini ko‘rganida unga talpinishini ham bayon qilgan.