MyDay so‘nggi vaqtda kinolarda kamnamo bo‘lib qolgan, o‘z brendiga asos solgan va musiqaga ko‘proq vaqt ajrata boshlagan aktrisa Asal Shodiyeva bilan qisqa suhbat uyushtirdi.
Juda mushkul
Men uchun birovni kuldirish juda mushkul. Shu ishning uddasidan chiqa olmayman.
Kechirmayman
Sotqinlikni aslo kechirmayman. Hayotda ko‘p narsani kechirish mumkin. Lekin sotqinlik aslo kechirilmaydi, deb hisoblayman.
Xarakterim
Talabchanman, ayniqsa o‘zimga nisbatan haddan tashqari.
Voz kecha olmayman
Oilamdan aslo voz kecha olmayman.
Huzur bag‘ishlaydi
Musiqa mening jon-u dilim, menga huzur bag‘ishlaydigan asosiy narsa.
G‘ashimga tegadi
Ahmoqlik va omilik mening g‘ashimga tegadi.
Eng katta xatoim
Eng katta xatoim Konservatoriyaga o‘qishga kirmaganim bo‘lsa kerak.
Miel men uchun
So‘nggi paytlarda bor vaqtim, o‘y-xayollarim Miel bilan bog‘liq. Miel men uchun umid va ishonch. Bu brendga asos solishimdan maqsad odamlarga quvonch ulashish.
Eng katta orzum
Eng katta orzularimdan biri Andrea Bochellini ko‘rish edi, bu orzum ushaldi. Yana bir katta orzum – Al Pachinoni ko‘rish.