13 may kuni Andijondagi noxush voqealarga o‘n yil to‘ldi. 2005 yilning aynan shu kunida sodir bo‘lgan terrorchilik harakatlari fuqarolarning o‘limiga, davlat mulkiga jiddiy zarar yetishiga sabab bo‘lgandi.
Sentabr oyida O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi tomonidan olib borilgan tergov surishtiruv natijalaridan keyingi hisobotida “O‘zbekiston mustaqil siyosati, uning milliy manfaatlarini, konstitutsiyaviy tuzumini ag‘darish va islomiy davlat barpo etishga qaratilgan, geosiyosiy manfaatlarga to‘liq mos keluvchi puxta o‘ylangan va rejalashtirilgan harakat” deya baholangandi.
Mazkur hisobotda yozilishicha, «terrorchilik harakati natijasida 187 kishi vafot etgan, shulardan 60 nafar fuqarolar, ularning ichida ikki nafar voyaga yetmaganlar va bir nafari ayol edi. Terrorchilar huquqni muhofaza qiluvchi organlarning 31 nafarini o‘ldirishgan. 287 nafar kishi, jumladan, 91 nafar tinch aholi vakillari, 49 nafar huquqni muhofaza qilish organlari xodimlari va 59 nafar harbiylar turli darajadagi tan jarohatlari olishgan».
Terrorchilarga qarshi chora-tadbirlar vaqtida esa 94 nafar terrorchi yo‘q qilingan, 76 nafari yaralangan.