Aktyor Alisher Uzoqov kuni kecha Instagramda ro‘yhatdan o‘tdi.
Bugun esa aktyor muxlislariga qarata shunday murojaat qildi: “Do‘stlar, men tirikman! Sog‘man! Ha, shu bilan birga men kalman!!!”
Ehtimol aktyorning ushbu antiqa murojaatiga muxlislarining aktyorga sochi borasida berilgan tinimsiz savollari sabab bo‘lishi mumkin.
Darvoqe, ayni damda aktyor boshqa hamkasblari bilan birga Qashqadaryo viloyatida O‘zbekiston Respublikasi mustaqilligining yigirma besh yilligiga bag‘ishlab o‘tkazilayotgan "Biz–buyuk yurt farzandlarimiz!” shiori ostidagi yoshlar festivalida ishtirok etmoqda. Tadbir "Kamolot” yoshlar ijtimoiy harakati, O‘zbekiston Respublikasi madaniyat va sport ishlari vazirligi, "O‘zbekkino” milliy agentligi, O‘zbekiston yozuvchilar uyushmasi, "O‘zbeknavo” estrada birlashmasi bilan hamkorlikda tashkil etilmoqda.