Kino olamining mahoratli aktyorlaridan biri, rejissyor Alisher Uzoqov o‘z kasbini yana o‘zgartirganini oshkor etdi. Asli aktyor bo‘lib tanilgan, keyin esa rejissyorlik va xonandalikda o‘zini sinagan Alisher Uzoqov ma’lumki, sport sohasida ham o‘zini sinab ko‘rish maqsadida san’atni tark etgan edi. Shunga qaramay, bundan bir necha oy ilgari uni “Kuzda gullagan daraxt” filmi orqali yana ekranlarda ko‘rgan edik.
So‘nggi kunlarda sport sohasida ham, san’at sohasida ko‘rinmay qolgan aktyor endilikda shoirlikka qo‘l urganini “Stand up show” konsert dasturida ma’lum qildi hamda buning isboti sifatida o‘z ijodidan to‘rt misra she’r ham aytib berdi. Biroq, muxlislar uni kino sohasiga qaytishini ko‘proq istashayotgandek. Konsert dasturidan so‘ng muxlislarning “Kinoga qaytsalar yaxshi bo‘lar edi. Ularni yana kinoda ko‘rishni xohlardik” degan fikrlarini guvohi bo‘ldik. Serqirra ijodkor Alisher Uzoqov shoirlik sohasida ham yuksak cho‘qqilarni zabt etsa ajab emas. Balki muxlislarning talab va istaklarini na bir bor ko‘rib chiqar. Albatta buni vaqt ko‘rsatadi. Demak, kuzatishda davom etamiz.