Меню
Поиск
Фотоалбом
Главная » Файлы » KINO YANGILIKLARI

Ali Otajonov: Birorta filmning moddiy tomoniga aralashmaganman

20 dekabrdan boshlab yurtimiz kinoteatrlarida “Meni kechir” nomli film namoyishi boshlanishini eshitib, filmda bosh qahramon rolini gavdalantirgan Ali Otajonovni suhbatga tortdik.
—Film haqida qisqacha to‘xtalsanggiz.
—Film Melodrama janrda suratga olingan bo‘lib, unda salbiy rolni ijro qilganman. Ya’ni ayoliga berahm, xiyonat qiladigan erkak rolida namoyon bo‘laman.  Bu filmning tarbiyaviy ahamiyati juda ham yuqori va pul ishlash uchun ishlangan film emas deb bemalol ayta olaman. Bunga premera kuni o‘zingiz baho berishingiz mumkin.
—Film senariysi hayotinggizdan andoza olinganmi?
—Filmning  hayotimga aloqasi yo‘q.
—Bugun ko‘pgina xonandalar filmlarda rol o‘ynash  uchun rejissyorlarga pul taklif qilishyapti,  mazkur filmning  moddiy tomoniga qanchalik aloqanggiz bor?
—Bu men o‘ynagan yettinchi film bo‘lsa, shu vaqtgacha birorta filmning moddiy tomoniga aralashmaganman, rejissyorlarga pul berib kinoga ham tushmaganman. Ilk “Ayriliq” filmimdan so‘ng menga takliflar ko‘paydi. Yaqinda Instagramda bir muxlis menga “Endi siz qolgan edingiz ashula aytmagan” deya sharh qoldiribdi. Demakki, ko‘p muxlislar meni xonanda emas aktyor deb bilayotgan ekan. Nima bo‘lganda ham ikkala sohada ham ijod qilishdan charchamaymiz.


Категория: KINO YANGILIKLARI
Просмотров: 6947 | Рейтинг: 1| Рейтинг: Ali Otajonov
Mavzuga Oid Boshqa Yangiliklar:
Реклама

Всего комментариев: 0
Элатма: Сайт ходимлари ўзларига ёқмаган изоҳларни фаоллаштирмаслик ва огоҳлантирмасдан ўчириш ҳуқуқига эга. Изоҳлар ҳақида тўлиқ маълумот мана бу манзилда (босинг)
Имя *:
Email:
Код *:

Профил

Время: 19:30
Добро Пожаловать, Mexmon

 
Новинка у нас
Самое Популярное
Самое Популярное