Agrar universitetning 21 yoshli talabasi vafot etdi
Toshkent viloyatining Yangiyo‘l tumanida Toshkent Davlat agrar universitetining 21 yoshli talabasi vafot etdi. Bu haqda Bosh prokuratura Matbuot xizmati rahbari Hayot Shamsutdinov QALAMPIR.UZ’ga ma’lum qildi.
Aniqlanishicha, joriy yilning 12 aprel kuni soat 21:50 larda Yangiyo‘l tumani “Ahil” mahallasi Samarqand ko‘chasida yashagan 2002 yilda tug‘ilgan D.A. Yangiyo‘l shahar Tibbiyot birlashmasining qabul bo‘limiga olib kelingan.
Marhum D.A. Yangiyo‘l shahar “Ramadan” mahallasida joylashgan sport klubida sog‘lig‘i yomonlashib qolgan.
Sud-tibbiy ekspertizasining dastlabki ma’lumotnomasiga ko‘ra, uning o‘limi o‘tkir yurak yetishmovchiligi oqibatida kelib chiqqani va marhumda tan jarohatlari mavjud bo‘lmagan. U o‘sha kunning o‘zida Yangiyo‘l tumanidagi yashash uyida vafot etgan.
“Mazkur holat yuzasidan Yangiyo‘l shahar prokuraturasi tomonidan tergovga qadar tekshiruv harakatlari olib borilmoqda”, deyiladi Hayot Shamsutdinov bergan bayonotda.
Eslatib o‘tamiz, joriy yilning 10 aprel kuni soat 17:30 da Mirobod tumanida joylashgan 110-sonli maktabda Shayxontohur tumani Ipakchi ko‘chasida yashovchi voyaga yetmagan 8-sinf o‘quvchisi M.S. vafot etgan edi.