“Real” afsonasi Fransisko Xento 89 yoshida vafot etdi
“Real”ning afsonaviy futbolchisi Fransisko Xento 19-yanvar kuni 89 yoshida vafot etdi. Bu haqida Madrid jamoasi rasmiy sayti ma’lum qildi.
Ispaniyalik sobiq futbolchi 1953-yildan 1971-yilga qadar Madrid jamoasi sharafini himoya qilgan. Xento umumiy hisobda jamoa safida 600 ta o‘yinda ishtirok etib, 182 ta gol urgan.
Xento Yevropa Chempionlar Kubogida 6 marta chempion bo‘lgan yagona futbolchi hisoblanadi. Undan tashqari “Real” bilan 12 marta Ispaniya chempionligi, 2 marta Ispaniya Kubogi va 1960-yilda Qit’alararo Kubokni qo‘lga kiritgan.
Fransisko “qaymoqranglilar” safida umumiy hisobda 23 ta sovrin yutgan. 17-yanvar kuni Ispaniya Superkubogida g‘alaba qozongan Marselo “Real”dagi sovrinlar soni bo‘yicha Xentoning rekordini takrorlagandi.