Agar Angliya chempion bo‘lsa, taniqli boshlovchi nima qilishini aytdi
Milliy terma jamoasining jahon chempionligi nomiga sazovor bo‘lishi uchun futbol muxlislari hech kimning xayoliga kelmagan va’dalarni berib yuboradilar.
Jahon chempionatida kim bosh sovrin egasiga aylanadi? Agarda ushbu jahon chempionatida Garri Sautgeyt boshchiligidagi ingliz futbolchilari g‘alaba qozonib, oltin kubokni boshlari uzra baland ko‘tarishsa, Angliyada qanday voqea sodir bo‘ladi?
Yo‘q, siz o‘ylaganingizdek Qirolicha taxtini o‘g‘liga bo‘shatib berishga va’da bermadi. Yoki bo‘lmasa, Angliya Rossiya bilan munosabatlarini iliqlashtirishga so‘z ham bergani yo‘q.
Ammo Buyuk Britaniyadagi eng ommabop – Countdown ko‘rsatuvi boshlovchisi Reychel Rilli antiqa va’dasi bilan barchani shoshirib qo‘ydi. U o‘z Twitter`i orqali “Agar Angliya Jahon chempionligiga erishsa, men ekranga kiyimsiz chiqishga tayyorman”, dedi.
32 yoshli boshlovchining bu xabaridan keyin uning ijtimoiy tarmog‘idagi kuzatuvchilar soni 10 milliondan oshib ketdi. 52 yildan buyon milliy terma jamoasini chempion bo‘lishini intiq kutayotgan angliyaliklar uning bu va’dasi ostiga Come On England! (Qani, Angliya!) degan so‘zlarni yozib qoldirdilar.
10 yildan ortiq vaqtdan beri Countdown ko‘rsatuvini olib borayotgan Reychel Rilli dunyoning “eng chiroyli boshlovchilari” ro‘yxatida oldi o‘rinlarda turadi.