Poytaxtimizdag eng yirik savdo majmuasidan biri bo'lgan Abu Saxiyning ro'parasida joylashgan Chinni Bozorida 12 avgust kechasida kuchli yong'in sodir bo'lgan. O't o'chiruvchilarning tezkor harakatiga qaramay, bozorning chap tomoni batamom yonib bo'lgan. Ma'lumotlarga qaraganda, 20tadan ortiq do'kon yonib kul bo'lgan. Aytishlaricha u do'konlarga endigina yangi mollar keltirilgan ekan. Yong'in nima sababdan sodir bo'lganligini organ hodimlari hozirda aniqlashtirmoqdalar