Rossiyaning Qozon shahrida joylashgan Barcha dinlar ibodatxonasida
yong‘in yuz berdi, deb yozadi “Interfaks
Rossiya favqulodda vaziyatlar vazirligining Tatariston bo‘yicha bosh boshqarmasi ma’lumotlariga ko‘ra, ibodatxonadagi yong‘in haqidagi xabar 10-aprel, dushanba kuni 04:35 da kelib tushgan.
“Yong‘in maydoni aniqlanmoqda. Qozon yong‘in-qutqaruv garnizonining bo‘linmalari 10 ta o‘t o‘chirish va maxsus texnika bilan ishlamoqda”, — deyiladi xabarda.
Barcha dinlar ibodatxonasi — Qozon shahrining Staroye Arakchino qishlog‘ida joylashgan inshoot. Uni 1990-yillar boshida qurishni boshlagan muallif g‘oyasiga ko‘ra, ibodatxona dinlar, madaniyatlar va sivilizatsiyalarning me’moriy ramzi sifatida barpo etilgan. Unda ibodatlar va rasm-rusumlar o‘tkazilmaydi.