O‘zbekiston milliy teleradiokompaniyasining zabardast diktorlaridan biri, O‘zbekiston xalq artisti Abdumo‘min O‘tbosarov 2015 yilning 31 dekabr kuni 56 yoshida olamdan o‘tganedi.
Diktorning eng yaqin do‘stlaridan biri O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan madaniyat xodimi Muslimbek Yo‘ldoshev ijtimoiy tarmoqlar orqali Abdumo‘min O‘tbosarov bilan bog‘liq xotiralarini e’lon qilib borardi.
Bugun, 16 dekabr kuni Muslimbek Yo‘ldoshev Abdumo‘min O‘tbosarovga bag‘ishlab kitob chop etayotgani haqida xabar berdi.
“Aziz do‘stlar, qadrli muxlislar. Ko‘z ochib yumguncha bir yil ham o‘tib ketibdi... Do‘stim Abdumo‘min O‘tbosarov xotirasi hurmati erta bahorda “Mo‘minga begona bahor” kitobi ustida ish boshlagan edim, mana, u bitib, muxlislarga taqdim etishga muyassar bo‘lib turibmiz”, deydi Muslimbek Yo‘ldoshev.
Ma’lumotlarga qaraganda, O‘zbekiston xalq artisti Abdumo‘min O‘tbosarov xotirasiga bag‘ishlangan “Mo‘minga begona bahor” kitobi taqdimoti 23 dekabr kuni soat 15:00 da Alisher Navoiy nomidagi O‘zbekiston Milliy kutubxonasida bo‘lib o‘tadi.
Diktorga so‘nggi bor 2016 yil kirib kelishidan avval O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti tabrigini o‘qish nasib etgandi.
O‘zbekiston xalq artisti Abdumo‘min O‘tbosarov tomoshabinlar qalbida o‘tkir nigohi, jarangdor ovozi, savlatiyu salobati bilan qoldi.