Abdulla Qurbonov nima sababdan qamalgani haqida gapirib berdi
Qo‘shiqchi Abdulla Qurbonov “Shok.uz” nashriga bergan intervyusida qamalgani sababiga oydinlik kiritdi.
San’atkorning so‘zlariga ko‘ra, yaqin tanishlaridan biri uni to‘yga chaqirish bahonasida uyiga mehmonga kelganida, qo‘shiqchining rad etishiga qaramay, unga giyohvand moddani “hadya tariqasida” bergan.
Abdulla Qurbonov avvallari “bu narsa”ni to‘ylarda, ulfatlar bilan o‘tirishlarda qabul qilganini tan oldi, lekin o‘sha paytda tashlaganini, sog‘lig‘i ham ko‘tarmasligini ta’kidlab o‘tdi.
Oradan 5—10 daqiqa o‘tgach, xodimlar kirib keldi… Tan olishim kerak, oldinlari chekkan bo‘lsam, chekkanman. Lekin men ularga buni olib kelinglar demaganman, buni zalda ham (sud zalida) aytganman. Ammo qonun hamma uchun bir xil ekan.