Tuzilgan lisenziya bitimining 4.2.9-bandida nazarda tutilgan talablar va shartlar muntazam ravishda buzilganligini inobatga olib, Qurbonov Abdulla Akbarovich nomiga konsert-tomosha faoliyatini amalga oshirish huquqi uchun berilgan AA-seriyali, 5706-son lisenziyaning amal qilishi 31 may kunidan tugatildi. Bu haqda "O‘zbekkonsert" DM ma’lum qiladi.
Qayd etilishicha, yaqinda ijtimoiy tarmoqlarda xonanda Jahongir Otajonovning chiqargan videosiga haqoratomuz tarzda o‘z munosabatini yo‘llagan xonanda Abdulla Qurbonov tomonidan san’atkor odobiga to‘g‘ri kelmaydigan noo‘rin so‘zlar orqali muborak Ro‘zai Ramazon oyida keng ommaning g‘ashiga tegish hollari kuzatilgan. Uning ketma-ket chiqargan bunday nomaqbul audio-videolari o‘z navbatida yoshlar orasida va jamoatchilik o‘rtasida salbiy fikr uyg‘otib, noroziliklarga sabab bo‘lgan.
Yuqorida holatlar bo‘yicha xonandaga Muassasa tomonidan bir necha marotaba ogohlantirish berilganiga qaramasdan, nojoiz munosabatli fikrlarni keng ommaga tarqatishni yana takrorlagan.