3 yoshli bolakay ukasi yotgan beshikni yoqib yubordi
14 mart kuni soat 14.30 larda Qashqadaryo viloyatining Shahrisabz tumanidagi Qatag‘on mahallasida yashovchi 3 yoshli J.Ilhomov uyida nazoratsiz qolishi oqibatida gugurt o‘ynab, beshikni yoqib yuborgan.
Yong‘in uy egalari tomonidan o‘chirilgan.
Yong‘in oqibatida beshik va ko‘rpacha qisman yonib zarar ko‘rgan hamda beshikda yotgan chaqaloq Z.Ilxomova kuyish jarohatlari olib kasalxonaga yotqizilgan, deya xabar berdi O‘zbekiston Respublikasi IIV Jamoatchilik va ommaviy axborot vositalari bilan aloqalar boshqarmasi.